336
F u n k s i y a s i. Og‗iz burchagini Yuqori va Yon tomonga tortadi. Natijada
Yuzda tabassum paydo bo‘ladi. I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. infraorbitalis, a. buccalis.
Kulgi muskuli
(m. risorius) quloq oldi bezi fassiyasidan boshlanib, og‗iz
burchagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kulganda ikki Yuzda chuqurcha hosil bo‘ladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. facialis.
Og„iz burchagini pastga tortuvchi muskul
(m. depressor anguli oris) pastki
jag‗ qirg‗og‗idan boshlanib, pastki lab terisiga va og‗iz burchagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Og‗iz burchagi va pastki labni pastga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. mentalis, a. labialis inferior.
Pastki labni pastga tortuvchi muskul
(m. depressor labii inferioris) pastki
jag‗ning qirg‗og‗idan boshlanib, pastki lab terisiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Pastki labni pastga va chetga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. labialis inferior, a. mentalis.
Og„iz burchagini ko‟taruvchi muskul
(m. levator anguli oris) Yuqori jag‗
suyagining oldingi Yuzasidan boshlanib, og‗iz burchagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Og‗iz burchagini Yuqoriga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. infraorbitalis.
Dostları ilə paylaş: