334
Ensa-peshona muskuli
(m. occipito-frontalis) serbar va Yupqa bo‘lib,
uning
muskul qismi peshona (venter frontalis) va ensada (venter occipitalis) joylashgan
bo‘lsa, fibroz plastinka (aponevroz) bo‘lagi – galea aponeurotica epicranis ikki
muskul o‘rtasida joylashib, kallaning tepa qismini qoplaydi. Ensa-peshona
muskulining peshona muskul qismi (venter frontalis) qosh terisidan boshlanib, fibroz
plastinkaga qo‘shiladi. Qisqarganda qosh ko‘tarilib, peshonada ajin paydo bo‘ladi.
Ensa muskul (venter occipitalis) bo‘lagi esa ensa suyagining g‗adir-buduri – linea
nuchae
superior dan boshlanib, aponevrozga o‘tib ketadi. Qisqarganda aponevrozni
orqaga tortadi. Aponevroz tepada bosh terisiga mustahkam birlashgan bo‘lib, kalla
suyagiga Yumshoq to‘qima orqali tutashadi. Shuning
uchun kallaning aponevrozi
osongina harakatlanuvchan bo‘ladi. Kalla aponevrozi ikki Yonbosh tomonidan quloq
atrofida joylashgan Chakka-tepa muskuli –m. temporaparietalis dan iborat. Bu
muskul oldingi – m. auricularis anterior, Yuqorigi – m. auricularis superior, orqa – m.
auricularis posterior dan iborat bo‘lib, quloq suprasidan boshlanib, kalla aponevrozi
ichiga qo‘shilib ketadi. Bu muskullar qoldiq sifatida uchraydi.
335
F u n k s i y a s i. Ensa-peshona muskulining ensa qismi qisqarganda, aponevroz
kalla terisini orqaga tortadi. Muskulning peshona qismi
qisqarganda kalla terisi
oldinga surilib, peshonada ajinlar paydo bo‘ladi, qosh ko‘tarilib, odamning hayronlik
holatini Yuzaga keltirishda qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. occipitalis, a. auricularis posterior, a. temporalis
superficialis, a. supraorbitalis.
Dostları ilə paylaş: