Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

qattiq to‟qimalar – 
emal, dentin va sement;
2) 
Yumshoq to‟qimalar 
– pulpa va periodont. 
Emal (enamelum) tishning eng qattiq to‘qimasi bo‘lib, prizmalardan iborat, u 
tishning toj qismini qoplab turadi. Dentin (dentinum) tuzilishi bo‘yicha suyakka 
yaqin tursa ham undan birmuncha qattiq, ammo emaldan Yumshoqroq bo‘lib, 
tishning hamma qismlarida uchraydi. Sement (cementum) tishning faqat ildiz qismida 
bo‘lib, qon tomirlari bo‘lmagan suyak to‘qimasiga o‘xshab tuzilgan. 
Periodont 
– 
periodontum pishiq kollagen tolalardan iborat bo‘lib, tish ildizini alveolyar 
chuqurchaga mahkamlaydi. 
Tishlar jag‗larda o‘z qismlari bilan Yonma-Yon joylashib, Yuqori va pastki tish 
qatorlarini Yuzaga keltiradi. Har bir tish qatori 16 tishdan iborat bo‘lib, tish 
ravoqlarini hosil qiladi. Har bir tishda 5 ta Yuza tafovut qilinadi: 1) og‗iz dahliziga 
qaragan Yuzasi – (faciea vestibularis) oldingi tishlar lablarga, orqadagilari lunjlarning 
shilliq pardasiga tegib turadi; 2) tilga qaragan Yuzasi – facies lingualis; 3) va 4) 
qo‘shni tishlarga yopishib turuvchi Yuzasi – facies contactus. Tish ravog‗ining 
markazga qaragan Yuzasi facies mesialis (Yunoncha meso – orasida), qarama-qarshi 
Yuzasi esa distal Yuza (facies distalis) deyiladi; 5) chaynov Yuzasi – facies 
occlusalis –qarama-qarshi qatordagi tishlarning bir-biriga tegib turuvchi Yuzasidir. 
Bunday terminlar tishlarda joylashgan jarohatlarni belgilash uchun keng qo‘llanilgani 
sababli ularni stomatologlar yaxshi bilishlari zarur. 
Tishlarning o‘ng yoki chap tomonga mansubligini bilish uchun quyidagi uch 
belgi yordam beradi: 1) ildiz belgisi (bir oz lateral tomonga bukilgan bo‘ladi); 2) toj 
qismining burchak belgisi (kesuvchi qirrasi–facies contactus bir xil emas, medial 
qirrasi bir oz o‘tkirroq bo‘lsa, lateral qirrasi tekisroq bo‘ladi); 3) toj qismining egrilik 
belgisi (lab Yuzasi bir oz bo‘rtgan bo‘ladi). 
Har bir tishning Yuqori yoki pastki jag‗ga mansubligi toj qismining shakli, tish 
ildizlarining soni va shakli bilan aniqlanadi. Shuning uchun har bir tishning toj qismi 
va ildizlarining tuzilishini bilish lozim. 
Kurak tishlar 
– dentes incisivi har bir jag‗da to‘rttadan bo‘lib, ovqatni kesib 
olishga mo‘ljallangan. Bu tishlar ildizi bitta bo‘lib, pastki kurak tishlarda Yon 
tomonda yassilangan. Toj qismlari keng va yassi bo‘lib, iskanani eslatadi. Pastki 
kurak tishlarning tojlari ikki baravar ensizdir. 
Qoziq tishlar 
– dentes canini har jag‗da ikkitadan bo‘lib, uzun yakka ildizga 
ega, ildizning Yon tomonlarida egatchalar bor. Yuqori qoziq tishlarning ildizlari 
pastki tishlarga nisbatan birmuncha uzun, toj qismlari ham kattaroqdir. Toj qismlari 
uchburchaksimon bo‘lib, burchak hosil qiluvchi ikkita qirquvchi qirralari bor
ularning medial qirrasi kaltaroq, distali esa bir oz uzunroqdir. Qoziq tishlar ovqatni 
uzib olish uchun xizmat qiladi. Bu tishlar yirtqich hayvonlarda yaxshi rivojlangan. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin