Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
CHAYNASH MUSKULLARI 
Chaynash muskullari to‘rt juft bo‘lib, kalla suyaklaridan boshlanadi va pastki 
jag‗ suyagiga yopishib, chaynashda qatnashadi. 
1. 
Chaynash muskuli 
(m. masseter) Yonoq suyagining pastki qirg‗og‗idan, 
Yonoq ravog‗idan boshlanib, pastki jag‗ suyagining shu nomli g‗adir-buduri –
tuberositas masseterica ga yopishadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. trigeminus III tarmog‗idan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. masseterica. 
2. 
Chakka muskuli 
(m. temporalis, 104) Chakka bo‘shlig‗ini to‘ldirib turadi, 
Chakka suyagi pallasidan boshlanib, pastki jag‗ suyagining tojsimon o‘sig‗i – 
processus coronoideus ga birikadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. trigeminus III tarmog‗idan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. temporalis profunda et superficialis. 


338 
3. 
Lateral qanotsimon muskul 
(m. pterygoideus lateralis) ponasimon suyak 
katta qanotining pastki Yuzasidan va qanotsimon o‘siqdan boshlanib, pastki jag‗ 
suyagining Bo‗g‗im o‘sig‗i bo‘yniga yopishadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. trigeminus III tarmog‗idan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. maxillaris. 
4. 
Medial qanotsimon muskul 
(
m. pterygoideus
medialis, 105
) qanotsimon 
o‘siqning shu nomli chuqurchasi – fossa pterygoidea dan boshlanib, pastki jag‗ 
burchagining ichki Yuzasi – tuberositas pterygoidea ga birlashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. trigeminus III tarmog‗idan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. maxillaris, a. facialis. 
Chaynash muskullarining F u n k s i y a s i – to‘rttala chaynash muskuli pastki 
jag‗ni Yuqoriga tortib tishlashni ta‘minlaydi. Medial va lateral qanotsimon muskullar 
bir tomonlama qisqarsa, pastki jag‗ qarama-qarshi tomonga, ikki tomondan baravar 
qisqarsa, oldinga siljiydi. 
Chakka muskulining orqa tolalari qisqarganda, pastki jag‗ o‘z joyiga qaytadi. 
Chaynash muskullari. 
1–m. temporalis; 2–processus coronoideus; 3–m. masseter; 4–m. pterygoideus 
lateralis.
 
Chaynash muskullari. 
1–m. temporalis (kesib ajratilgan); 2–m. pterygoideus medialis; 3–m. 
pterygoideus lateralis; 4–discus articuilaris 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin