351
Halqum bo‘shlig‗i burun, og‗iz va hiqildoq qismlaridan iborat.
H a l q u m n i n g b u r u n (pars nasalis) q i s m i eng tepa qism bo‘lib, burun
bo‘shlig‗iga bir juft xoana (bo‘shliq) orqali qo‘shilib turadi. Bu qismning pastki
chegarasi Yumshoq tanglay ro‘parasida bo‘lib, bu yerdan halqumni o‘rta quloq bilan
tutashtiruvchi eshituv nayi (ostium pharyngeum tubae) boshlanadi. Nayning tog‗ayi
halqum tomonga sal bo‘rtib chiqqan (torus tubarius). Uni shilliq parda o‘rab, orqa
tomonida bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan
Yumshoq tanglay o‘rtasida limfa to‘qimasidan tuzilgan mo‗rtak (tonsilla tubaria)
joylashgan.
H a l q u m n i n g o g‗ i z q i s m i (pars oralis) old tomondan tomoq (fauces)
orqali og‗iz bo‘shlig‗iga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo,
ham ovqat
o‘tadigan umumiy yo‘l bo‘lganidan bu ikki jaraYonni Yumshoq tanglay tartibga solib
turadi. Ovqat luqmasi Yutilganda Yumshoq tanglay taranglashib ko‘tarilib havo
yo‘lini to‘sadi, natijada havo o‘tmaydi. Halqum orqa devorining Yuqori qismida
limfa to‘qimasidan tuzilgan mo‗rtak (tonsilla pharyngea s. adenoidea) joylashgan.
Halqum devorlarida ikkita nay mo‗rtagi, bitta halqum mo‗rtagi bilan bitta til mo‗rtagi
352
va tanglay mo‗rtaklari halqa shaklida joylashgan. Shuningdek, oralig‗ida ko‘pgina
limfa to‘qimalarini uchratish mumkin. Bu Pirogov mo‗rtak halqasi bo‘lib,
organizmda himoya vazifasini bajaradi.
H a l q u m n i n g h i q i l d o q q i s m i – pars laryngea birmuncha kalta, u
hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Halqumning bu qismi pastda qizilo‘ngachga
qo‘shilib ketadi. Halqum hiqildoq qismining oldingi devorida kirish teshigi bo‘lib,
uni Yon tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o‘tish paytida
hiqildoqqa o‘tish teshigini hiqildoq usti tog‗ayi (hiqildoq qopqog‗i) yopib turadi.
SuYuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki Yonboshidagi
egatchalar orqali
qizilo‘ngach tomonga o‘tadi. Halqumning devori uch qavat bo‘lib, ichki –shilliq
parda, o‘rta – muskul parda va tashqi – biriktiruvchi to‘qima pardadan iborat.
Sh i l l i q p a r d a – tunica mucosa og‗iz, burun bo‘shlig‗idagi shilliq pardaning
davomi hisoblanadi. U ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa
kiprikli epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida ko‘pgina shilliq bezlar joylashgan.
Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul parda bilan fibroz
to‘qima orqali qo‘shilib turadi.
M u s k u l p a r d a – tunica muscularis ko‘ndalang-targ‗il muskullardan
tuzilgan. Cherepitsaga o‘xshab ustma-ust joylashgan halqumning uchta (Yuqori, o‘rta
va pastki) qisuvchi muskullari – mm. constrictor pharyngis superior, media et inferior
tafovut qilinadi. Halqumning Yuqori qisuvchi muskuli kalla suyagining tubi (asosi)
dan
boshlansa, o‘rta qisuvchi muskul til osti suyagidan, pastki muskul hiqildoq
tog‗aylaridan boshlanadi, muskul parda halqumni ikki tomonidan o‘rab, o‘rta
chiziqda tutashadi. Bundan tashqari, halqumni ko‘taruvchi ikki juft muskul mavjud:
1. Bigizsimon o‘siq – halqum muskuli – m. stylopharyngeus Chakka suyagining
bigizsimon o‘sig‗idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.
2. Halqum-tanglay muskuli – m. palatopharyngeus Yumshoq tanglaydan
boshlanib, halqum devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.
Halqumning siquvchi va ko‘taruvchi muskullari qisqarish
tufayli ovqat asta-
sekin Yuqoridan pastga, qizilo‘ngach tomon yo‘naladi.
Halqumning tashqi biriktiruvchi to‘qima pardasi – tunica adventitia muskul
qavatlarni tashqaridan o‘rab olgan. Bu pardaning tashqi Yuzasini kletchatka (yog‗
o‘rami) o‘rab, halqumni qo‘shni a‘zolardan ajratib turadi.
Dostları ilə paylaş: