355
Me‘daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish – kardiya
(pars cardiaca) qismidagi teshik – ostrum cardiacum (cardia – Yurak) XI Ko‗krak
umurtqasi qarshisida bo‘lib, Yurakka yaqin joylashgan. Me‘daning chiqish (pars
pylorica) qismi I bel umurtqasining ro‘parasida, o‘ng tomonda o‘n ikki barmoq
iChakka qo‘shilib ketadi. Me‘daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi
(antrium pyloricum) g‗orcha deyilsa, uning teshigi (ostrum pyloricum), torayib
davom etgan joyi kanal – canalis pyloricus bo‘lagi deyiladi.
Ovqat bilan o‘rtacha to‘lgan me‘da Yuqoridan jigar chap bo‘lagining pastki
Yuzasiga va diafragmaning chap gumbaziga, pastki tomondan ko‘ndalang chambar
ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me‘daning oldingi devori qorinning oldingi
devoriga, orqa devori me‘da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga hamda
taloqqa tegib turadi. Me‘da atrofdan qorin parda bilan o‘ralgan.
Me‘da devori quyidagi 3 pardadan iborat:
1) tunica mucosa – shilliq parda bo‘lib, uning shilliq osti qavati – tela
submucosa juda yaxshi rivojlangan;
2) tunica muscularis – muskul parda;
3) tunica serosa – seroz parda.
Tunica mucosa ning asosiy vazifasi ovqatni kislotali muhitda parchalashga
moslashgan bo‘lib, bir qavatli prizmatik shilliq ishlab chiqaruvchi epiteliy bilan
qoplangan. Shilliq pardada juda ko‘p katta-kichik burmalar – plicae gastricae
mavjud, ularning yo‘nalishi va miqdori katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu
burmalardan ikkitasi kichik egrilikka parallel holda joylashib, turli tomonga
yo‘nalgan bo‘ladi, qolgan burmalar me‘daning qolgan qismlarida o‘ziga xos shaklni
tashkil qiladi. Odatda, me‘dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral
suv) mana shu kichik egrilik bo‘ylab joylashgan burmalardan to‘g‗ridan-to‘g‗ri o‘n
ikki barmoq iChakka o‘tadi (―me‘da yo‘li‖). Shilliq pardada burmalardan tashqari
me‘da maydonchalari – areae gastricae mavjud. Tepachalar orasida me‘da
chuqurchalari – foveolae gastricae bo‘lib, ularga me‘da bezlari ochiladi.
Dostları ilə paylaş: