Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
QIZILO‟NGACH 
Qizilo‟ngach 
(oesophagus, 126) 25–30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan 
bo‘lib, Yuqorida VI bo‘yin umurtqasining ro‘parasida halqumdan boshlanadi, 
Ko‗krak sohasidan diafragma orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tib, XI Ko‗krak umurtqasi 
ro‘parasida me‘daning kirish qismiga ulanadi. 
Qizilo‘ngach joylashishiga qarab uch bo‘limga ajratiladi: Yu q o r i b o‘ y i n q i 
s m i – pars cervicalis, VI–VII bo‘yin umurtqalari chegarasiga to‘g‗ri keladi, o‘ r t a k 
o‘ k r a k q i s m i – pars thoracica eng uzun qismi bo‘lib, II va X–XI Ko‗krak 
umurtqalari ro‘parasiga to‘g‗ri keladi. P a s t k i q o r i n q i s m i – pars abdominalis 
eng kalta (taxminan 1–2 sm) bo‘lib, diafragma orqali me‘daning kirish qismiga 
qo‘shiladi.
Qizilo‘ngach orqa tomondan umurtqa pog‗onasi bilan chegaralanadi, oldindan 
esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. 


353 
Qizilo‘ngach. 
1–pharynx (pars laryngea); 2–pars cervicalis; 3–pars thoracica; 4–pars 
abdominalis; 5–pars cardiaca; 6–diaphragma; 7–qizilo‘ngachning pastki toraygan 
qismi; 8–qizilo‘ngachning o‘rta toraygan qismi; 9–qizilo‘ngachning Yuqorigi 
toraygan qismi. 
Qizilo‘ngachning ikki Yonbosh sohasida adashgan nerv – n. vagus joylashgan. 
Qizilo‘ngachning bo‘yin sohasi Ko‗krak qafasiga uning ustki teshigi orqali o‘tadi va 
IV–VII Ko‗krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib, uning orqa tomonidan 
o‘tib, o‘ng tomonga bir oz surilib joylashadi. IX Ko‗krak umurtqasi sohasida


354 
qizilo‘ngachning old tomonida aorta joylashadi va u bir oz chap tomonga surilib, 
diafragma orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tib ketadi. 
Qizilo‘ngach d e v o r i u ch p a r d a d a n iborat. Uning eng ustki pardasi – 
tunica adventitia biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Qizilo‘ngachning qorin 
bo‘shlig‗idagi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o‘ralgan. Qizilo‘ngachning 
muskul pardasi – tunica muscularis esa ikki qavatdan iborat bo‘lib, tashqi qavati 
uzunasiga yo‘nalgan, ichki qavati aylana joylashgan muskul tutamidan iborat. 
Qizilo‘ngachning Yuqori 1/3 qismi ko‘ndalang-targ‗il muskuldan tuzilgan bo‘lib, 
asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun ham uning pastki 2/3 qismi 
silliq muskuldan iborat. Qizilo‘ngach, odatda, Yuqoridan pastga qarab qisqaradi. 
Qizilo‘ngachning muskul bilan shilliq pardalari (tunica mucosa) o‘rtasida shilliq osti 
qavati (tela submucosa) yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq parda harakatchan 
bo‘lishini ta‘minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Shilliq osti 
qavatida joylashgan qizilo‘ngachning xususiy bezlari o‘z suYuqliklarini qizilo‘ngach 
bo‘shlig‗iga chiqaradi. Shilliq parda qizilo‘ngachning ichki qavati bo‘lib, yaxshi 
rivojlangan muskul plastinkasiga yaqin joylashgan uzunasiga burmalar hosil 
bo‘lishiga va bezlar suYuqligining ajralishiga yordam beradi. Shilliq pardalardagi bez 
suYuqliklari uning Yuzasini namlab turadi va ovqat luqmalari yo‘nalishini 
osonlashtiradi. Qizilo‘ngachning uch fiziologik toraygan joyi mavjud: birinchi – 
qizilo‘ngachning boshlangan qismi (halqumdan boshlangan joyida), ikkinchi – 
kekirdakning ikkita bronxga bo‘lingan yeri (qizilo‘ngachning bronx bilan kesishgan 
sohasida), uchinchi – qizilo‘ngachning diafragmadan o‘tish joyi.
Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va Yutilgan suYuqlikni me‘daga 
o‘tkazishdan iborat. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin