363
To‘g‗ri ichakning Yuqori qismi – Chanoq bo‘lagi
birmuncha kengaygan
(ampulla recti), diametri to‘lib turganda 6–8 sm gacha bo‘ladi. Oxirgi orqa teshikka
yaqin qismi ancha toraygan. To‘g‗ri ichakning ichki tomonida shilliq parda
ko‘ndalang burma hosil qiladi. Shilliq pardada yo‘g‗on ichakning bosh qismlariga
o‘xshash shilliq bezlari, yakka-yakka joylashgan limfa tugunlari uchraydi. Shilliq osti
qavati yaxshi rivojlangan. Shuning uchun shilliq parda harakatchan bo‘lib, ichakning
tashqi teshikka yaqin qismida uzunasiga yo‘g‗on burmalar paydo qiladi. Bular pastga
tushgan sari bir-biri bilan qo‘shilib joylashadi. Bu zonada
vena qon tomirlari juda
yaxshi rivojlangan bo‘lib, vena chigalini hosil qiladi. Ba‘zida bu venalar kengayib,
bavosil kasalligini paydo qilishi mumkin.
Muskul parda to‘g‗ri ichakda tashqi uzunasiga va ichki aylanasiga joylashgan
qavatlardan tuzilgan. Aylanasiga joylashgan muskul tolalari
orqa teshik sohasiga
kelgach zichlashib, ichki qisqich – m. sphincter ani internus ni hosil qiladi. Bundan
tashqari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy halqa muskul tolalaridan tuzilgan tashqi
qisqich – m. sphincter ani externus bo‘ladi. Shilliq
qavatning muskul halqalari
qalinlashuvidan hosil bo‘lgan uchinchi qisqich orqa teshikdan 10 sm Yuqorida
joylashgan.
To‘g‗ri ichakning Chanoq bo‘lagi erkaklarda oldindan qovuqqa, urug‗
pufakchalari, prostata bezi va urug‗ tashuvchi tizimchaga tegib turadi. Ayollarda esa
to‘g‗ri
ichak bachadon, pastroqda qindan, oraliq bo‘shlig‗i va unda joylashgan
biriktiruvchi to‘qima bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: