Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
 
Jigar (pastki Yuzasi). 
1–lig. triangulare dextrum; 2–jigarga o‘tgan qorin parda joyi; 3–impressio 
renalis; 4–facies diaphragmatica; 5–impressio suprarenalis; 6–v. cava inferior; 7–
processus caudatus; 8–lobus caudatus; 9–processus papillaris; 10–impressio 
esophagea; 11–tuber omentale; 12–appendix fibrosa hepatis; 13–lobus sinister; 14–
impressio gastrica; 15–lig. venosum; 16–a. hepatica propria; 17–v. portae; 18–ductus 
hepaticus communis; 19–ductus choledochus; 20–lig. teres hepatis; 21–ductus 
cysticus; 22–impressio duodenalis; 23–lobus quadratus; 24–vesica fellea; 25–
impressio colica; 26–lobus dexter. 
J i g a r n i n g t u z i l i sh i (135) jigarni o‘ragan (qorin parda ostidagi parda) 
fibroz parda – tunica fibrosa qon tomirlar bilan birga jigarning ichkarisiga kiradi va 
uni juda ko‘p bo‘lakchalarga – lobuli hepatis ga ajratadi. Bu bo‘lakchalar 1–2 mm li 
olti burchakli prizmaga o‘xshaydi. Bo‘lakchalar oralig‗ida darvoza venasining eng 
mayda shoxchalari, arteriya shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari 
joylashgan. Bo‘lakchalar oralig‗idagi arteriya va venalar (a. et v. interlobularis) 
kapillyarlarga o‘tib, bo‘lakchalar ichkarisiga kiradi. Bo‘lakchalar ichida moddalar 
almashinuvi davomida venoz qon markaziy venalar (v. centralis) dan yig‗uvchi 
venalarga o‘tadi. Bular ham asta-sekin yiriklashib, jigar venasi (v. hepatica) ni hosil 
qiladi. Bu vena pastki kavak vena (v. cava inferior) ga quyiladi. Jigar hujayralari 
orasida joylashgan o‘t naychalaridan (ductuli biliferi) bo‘lakchalararo o‘t naychalari – 
ductus interlobularis hosil bo‘ladi. Bular o‘zaro qo‘shilib, jigarning o‘ng va chap 
bo‘lak o‘t naychasi – ductus hepaticus dexter et sinister ni hosil qiladi. O‘ng va chap 
bo‘lak o‘t naychalari esa jigardan chiqqandan so‘ng bir-biri bilan qo‘shilib, jigarning 
umumiy o‘t yo‘li – ductus hepaticus communis ni hosil qiladi. Jigarning umumiy o‘t 
yo‘li esa o‘t pufagi naychasi – ductus cysticus bilan qo‘shilib, o‘n ikki barmoq 
ichakning pastki yo‘naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o‘t yo‘lini – ductus 
choledochus hosil qiladi. Jigar organizmda muhim vazifani bajaradi: 1) organizmdagi 
zaharli moddalarni zararsizlantiradi; 2) o‘t ishlab chiqaradi; 3) embrional davrda qon 
elementlarini ishlaydi. 


367 
 
Jigar bo‘lakchasining sxemasi. 
1–vv. centrales; 2–lobuli hepatis; 3–aa. interlobulares; 4–v. centralis; 5–
birlamchi o‘t yo‘li; 6–bo‘lakchalar oraliq qon tomirlar va o‘t yo‘li; 7–vesica felleae; 
8–v. portae; 9–ductus choledochus; 10–a. hepatica propria; 11–ductus hepaticus; 12–
hepar (lobus sinister); 13–v. cava inferior; 14–hepar (lobus dexter); 15–vv.
hepaticae. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin