368
O‘t pufagi va yo‘llari.
1–tunica
mucosa vesicae felleae; 2–tunica muscularis vesicae felleae; 3–corpus
vesicae felleae; 4–fundus vesicae felleae; 5–plicae tunicae mucosae vesicae felleae;
6–plica
spinalis;
7–collum
vesicae
felleae;
8–duodenum;
9–ampula
hepatopancreatica; 10–ductus pancreaticus; 11–ductus choledochus; 12–ductus
hepaticus communis; 13–ductus cysticus.
O‘t shirasi jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o‘t yo‘llari
sistemasi
orqali o‘n ikki barmoq iChakka quyiladi.
O‘t tarkibida o‘t kislotalar, pigmentlar, xolesterin moddalari bo‘ladi. Pigmentlar
hayotini tugatgan eritrotsitlarning parchalanishidan vujudga keladi. Pigmentlarning
bir qismi ichak devori orqali qonga so‘rilsa, ko‘proq qismi
axlatga rang beradi va
tashqariga chiqadi. O‘t iChakka quyilmay qolganda (o‘t yo‘li yallig‗lanib bekilganda,
tosh bo‘lganda) axlat rangsiz bo‘ladi. Odamda bir kecha-kunduzda o‘rtacha 800–
1200 ml o‘t ishlanadi. O‘t ovqat moddasini, ayniqsa yog‗larni
parchalab, ularning
shimilishida faol ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: