374
Burun bo‘shlig‗ini ikki Yonbosh tomondan burun suyagi (os nasale), tepa jag‗
(maxilla) suyagining tanasi (corpus maxillae) bilan peshona o‘siqlari (processus
frontalis), ko‘z Yoshi suyagi (os lacrimali), g‗alvir suyak (os ethmoidale), pastki
burun chig‗anog‗i (concha nasalis inferior), tanglay suyagining perpendikulyar
plastinkasi (lamina perpendicularis), ponasimon suyakning o‘siq plastinkalari
chegaralab turadi. Burun bo‘shlig‗ining pastki chegarasi tepa jag‗ suyagining tanglay
o‘sig‗i (processus palatinus) bilan tanglay suyagining gorizontal plastinkalari (lamina
horizontalis) qo‘shilib qattiq (palatum durum) va Yumshoq tanglay hosil bo‘lishidan
tashkil topgan. Burun bo‘shlig‗i to‘siq (septum nasi osseum) orqali ikkiga bo‘linadi.
Uning oldingi qismida canalis incisivus (kesuvchi teshik) bo‘ladi. Burun bo‘shlig‗i
to‘sig‗i esa g‗alvir suyakning
perpendikulyar plastinkasi, dimog‗ suyagi va tepadan
peshona suyagining (spina nasalis), pastdan Yuqori jag‗ suyagi bilan tanglay
suyaklari qirralari (cristae nasalis) ning o‘zaro qo‘shilishidan vujudga keladi.
139.
Burun bo‘shlig‗i.
1–sinus frontalis; 2–concha nasalis superior; 3–meatus nasi superior; 4–os
nasale; 5–atrium
meatus medii; 6–concha nasalis media; 7–meatus nasi medius; 8–
vestibulum nasi; 9–concha nasalis inferior; 10–meatus masi inferior; 11–labium
superius; 12–palatinum durum; 13–ostium pharyngeum tubae auditivae; 14–palatum
molle; 15–axis; 16–arcus anterior atlantis; 17–tonsilla pharyngea; 18–labium
pasterius
torus tubarius; 19–meatus nasopharyngeus; 20–sinus sphenoidalis; 21–
apertura sinus sphenoidalis; 22–recessus sphenoethmoidalis; 23–crista galli.
Burun bo‘shlig‗ida uchta turtib chiqqan chig‗anoq bo‘shliqni uch yo‘lga bo‘ladi.
Ularning Yuqori yo‘li (meatus nasi superior) g‗alvir suyakning tepa va o‘rta burun
chig‗anoqlari orasida joylashgan. Bu yo‘lga g‗alvir suyakning orqa kataklari (cellulae
ethmoidales) va ponasimon suyak tanasidagi bo‘shliq (sinus sphenoidalis) ochiladi.
Burun bo‘shlig‗ining o‘rta yo‘li (meatus nasi medius) o‘rta va pastki
chig‗anoqlar oralig‗ida joylashgan bo‘lib, unga g‗alvir suyakning o‘rta
va oldingi
havo saqlaydigan kataklari (cellulae ethmoidales anteriores et media) va sinus
maxillaris ochilib turadi.
Bundan tashqari, g‗alvir suyakning piyozsimon o‘simtasi (bulla ethmoidalis)
bo‘lib, uning oldidagi voronkasimon kanal (infundibulum ethmoidale) orqali burun
bo‘shlig‗ining o‘rta yo‘li (cellulae ethmoidales anteriores) peshona suyagi (sinus
frontalis) bilan qo‘shilib turadi. Yo‘lning orqa tomoni ponasimon tanglay teshigi
375
(foramen sphenopalatinum) orqali ponasimon tanglay chuqurchasiga qo‘shiladi.
Burun bo‘shlig‗ining pastki yo‘li (meatus nasi inferior) pastki burun chig‗anog‗i bilan
burun bo‘shlig‗i pastki chegarasi orasida joylashgan. Bu yo‘lning oldingi qismiga
burun-ko‘z Yoshi kanali (canalis nasolacrimalis) ochiladi.
Burun bo‘shlig‗i qon tomir va bezlarga boy bo‘lgan
shilliq qavat bilan
qoplangan. Bundan tashqari, burun bo‘shlig‗i shilliq qavatida kiprikli epiteliy ham
bo‘ladi. Shuning uchun burun bo‘shlig‗iga kirgan havo qon tomirlar yordamida isib,
bez suYuqliklarida namlanadi, kipriklar yordamida ushlangan havo tarkibidagi chang
zarrachalarini bezlar qamrab oladi. Shilliq qavat ostida qon tomirlari, ayniqsa vena
chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo‘shlig‗ining Yuqori qismidagi shilliq qavatda
(hidlash sohasida) hidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Burun bo‘shlig‗i shilliq
qavati shamollab shishadigan bo‘lsa,
qon tomirlar devori yorilib, qon oqishi, nafas
olish qiyinlashishi mumkin. Odatda, burun bo‘shlig‗ining o‘rta va pastki qismiga
nafas olish bo‘lagi deyiladi. Burun bo‘shlig‗i Yon devoridagi chig‗anoqlar va uning
atrofida joylashgan kavaklar burun bo‘shlig‗i Yuzasini oshirib,
nafas olganda
burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta‘minlaydi. Burunga
kirish qismi – noksimon teshik (apertura piriformis) oldindan burun suyaklari va
tog‗aylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot
tog‗aylari (cartilago nasi lateralis) uchburchak shaklli, bir juft bo‘lib, Yonbosh
qismida
burun qanotlarini, pastda burun qirrasini hosil qiladi. Tog‗aydan tuzilgan
o‘rta devor (cartilago septi nasi) burun teshigini ikkiga bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: