Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


B u y r a k t o p o g r a f i ya s i



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
B u y r a k t o p o g r a f i ya s i

Buyrakning orqa Yuzasi qorin devoriga 
(muskullarga) va diafragmaga tegib turadi. Har ikkala buyrakning Yuqori uchi 
buyrak usti bezi bilan qoplangan. O‘ng buyrakning old qismi tepadan jigarga, pastki 
qismi chambar ichakning o‘ng bukilmasiga yaqin turadi. Ichki qirg‗og‗iga esa o‘n 
ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi tegib turadi. 
Chap buyrak old Yuzasining tepa qismi me‘da osti beziga, pastki qismi esa och 
va chambar ichakning chap bukilmasiga Yondashib, buyrakning tashqi qirg‗og‗i esa 
taloqqa tegib turadi

Buyrak pardalari. 
Buyrak fibroz to‘qimadan tuzilgan p a r d a – capsula fibrosa 
bilan o‘ralgan bo‘lib, uni tashqarisidan yog‗ qatlami (pardasi) qoplaydi. Yog‗li parda 
(capsula adiposa) ning qalin yoki Yuqa bo‘lishi odamning semiz-oriqligiga bog‗liq. 
Yog‗li parda fassiya (fascia renalis) bilan o‘ralgan. Buyrakning o‘z joyida 
qimirlamasdan turishiga Yuqorida aytib o‘tilgan pardalar va fassiyadan tashqari
qorin bo‘shlig‗idagi bosim, buyrak qon tomirlari va buyrakka tegib turgan a‘zolar 
katta yordam beradi. 
B u y r a k q o n t o m i r l a r i. Qorin aortasidan chiqqan buyrak arteriyasi a. 
renalis buyrak darvozasida uchta – tepa qism (polYus) aa. polares superiores, o‘rta 
markaziy qism aa. centrales va pastki qism aa. polares inferiores tarmoqlariga 
bo‘linadi. Buyrak bo‘laklari orasida joylashgan arteriyaga a. interlobares deyiladi. 
Ular piramidalar asosida ravoqlar – aa. arcuatae hosil qilib, po‘stloq va mag‗iz 
moddalari chegarasida joylashgan. Ravoq arteriyalar mag‗iz modda tomon yo‘nalgan 
bo‘lakchalararo arteriyalar (aa. interlobulares) ga tarmoqlanib, buyrakning miya 
qismi po‘stloq qismidagi tugunchalar (pars convoluta corticis) dan o‘tib, o‘z 
navbatida qon tomirli koptokcha hosil qiluvchi vas. afferens ga shoxlanadi. Qon 
tomirli koptokchadan qon olib ketuvchi arteriya (vas. efferens) o‘z navbatida yana 
mayda kapillyarlarga tarmoqlanib, buyrak naychalarini o‘rab turadi. Bu 
kanalchalardan vena qon tomirlari boshlanadi, ular nomlari bir xil bo‘lgan arteriyalar 
bilan birgalikda joylashgan. Vena qoni buyrakning po‘stloq qismidan Yulduzsimon 
venalar (venulae stellatae) orqali vv. interlobulares ga, so‘ngra po‘stloq va miya 
qismlari oralig‗ida joylashgan vv. arcuatae orqali venulae rectae ga quyiladi. Bu 
venalar o‘zaro qo‘shilib, v. renalis ni hosil qiladi. Buyrak venasi – v. renalis yakka 
o‘zak sifatida buyrak darvozasidan chiqib, pastki kavak venaga quyiladi. 
Qon tomirli koptokchaga kiruvchi arteriya devorida muskul qavati borligi tufayli 
qalin va baquvvatroq bo‘ladi. Undagi qon bosim o‘rtacha 90–100 mm ga teng. 
Kapsula ichidagi bosim (60 mm) va undan Chiquvchi arteriya tomirlari bosimi esa 
25–30 mm dan oshmaydi. Nihoyat, siydik chiqaruvchi naydagi bosim 10 mm ni 
tashkil etadi. Shunday qilib, buyrak koptokchasining qon tomirlari o‘rtasidagi 
bosimlar turlicha bo‘lib, birlamchi siydik ajralishiga sabab bo‘ladi. 


391 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin