Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №26 
Buyrak. Buyrak usti bezi. Siydik yo„li. Siydik pufagi. Siydik chiqaruv yo„li. 
Buyrak-, uning o‗lchamlari, Yuzalari, darvozasi. Uning topografiyasi, pardalari. 
Tuzilishi: po‗stloq, mag‗iz moddalari, bo‗lakchasi, nefron, kichik va katta kosachalar, 
buyrak jomi. Buyrak qon tomirlarining tuzilish hususiyatlari. Buyrak usti bezi 
topografiyasi tuzilishi, qavatlari, garmonlari. Siydik nayi. Uch qismi, uchta toraygan 
joyi , devori , qovuqning tuzilishi, topografiyasi, devorining qavatlari. Erkaklar siydik 
chiqarish kanali, uch: prostata, parda va g‗ovak tana qismlari. Ayollar siydik chiqaruv 
kanali, devori. 


388 
Buyrak 
(lot. ren, Yunoncha nephris) loviya shaklida old va orqa tomonlari 
yassilangan, o‘rta yashar odamlarda 140–150 g ga teng bir juft (o‘ng va chap) 
a‘zodir. Buyrak I–II bel umurtqalari tanasining ikki Yonida, qorin bo‘shlig‗ining orqa 
tomonida muskul va diafragmaga tegib turadi. Qorin parda buyrakni faqat old 
tomonidan berkitadi. Qorin bo‘shlig‗i o‘ng tomonining Yuqori qismida jigar 
joylashganligi uchun o‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroqda o‘rnashgan. 
Chap buyrakning Yuqori uchi II, III bel umurtqalarining oralig‗iga to‘g‗ri keladi. 
Buyrakning Yuqori va pastki oxiri (extremitas superior et interior), medial va 
lateral cheti (margo medialis et lateralis) hamda oldingi va orqa Yuzasi (facies 
anterior et posterior) tafovut qilinadi. Buyrakning lateral cheti qavariq, medial cheti 
esa botiq bo‘lib, uning o‘rtasi buyrak darvozasi (hilus renalis) deyiladi. Shu yerdan 
buyrakka arteriya qon tomiri kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yo‘li chiqadi. 
Buyrak darvozasi tor bo‘shliqqa – sinus renalis ga ochiladi. 
Ikki pallaga ajratilgan buyrakda jigarrang, qalinligi 4–5 mm keladigan 
buyrakning po‘stloq moddasi (cortex renis) va ichki tomonda alohida-alohida
Siydik ajratish a‘zolari. 
1–diaphragma; 2–ren sinister; 3–glandula suprarenalis sinistra; 4–oesophagus; 
5–truncus coeliacus; 6–vv. hepaticae; 7–diaphragma; 8–glandula suprarenalis dextra; 
9–a. mesenterica superior; 10–v. renalis dextra; 11–ren dexter; 12–v. testicularis 
dextra; 13–a. testicularis dextra; 14–m. transversus abdominis; 15–v. cava inferior; 
16–ureter dexter; 17–m. iliacus dexter; 18–vasa iliaca communia dextra; 19–
promontorium; 20–rectum; 21–vesica urinaria; 22–m. pyramidalis; 23–m. rectus 
abdominis; 24–peritoneum parietale; 25–v. iliaca externa sinistra; 26–a. iliaca externa 
sinistra; 27–a. iliaca interna sinistra; 28–v. iliaca interna sinistra; 29–a. sacralis 
mediana; 30–v. iliaca communis sinistra; 31–crista iliaca; 32–a. iliaca communis 
sinistra; 33–m. psoas major; 34–aorta abdominalis; 35–a. mesenterica inferior; 36–
ureter sinister; 37–m. quadratus lumborum; 38–v. testicularis sinistra; 39–a. 
testicularis sinistra; 40–a. renalis sinistra; 41–v. renalis sinistra. 


389 
to‘dalashib, piramida shaklida joylashgan mag‗iz (oq) moddasini (medulla 
renis) ko‘rish mumkin. 
Piramidalarning (pyramides renales) keng tomoni buyrak po‘sti tomoniga, 
so‘rg‗ich (papillae renalis) shaklidagi uchi buyrak bo‘shlig‗iga qarab joylashgan. 
Piramidalar taxminan 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan tuzilgan. 
Buyrak – murakkab tuzilgan ekskretor (organizmga keraksiz moddalarni 
chiqaruvchi) a‘zo bo‘lib, u mayda, bir qancha buyrak naychalari (tubuli renales) dan 
iborat. Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo‘lib, devori ikki qavatli kapsula – 
capsula glomeruli (Shumlyanskiy–Bouman kapsulasi) bilan tugaydi. Ular o‘z 
navbatida qon tomirli koptokcha (glomerulus) ni o‘rab turadi. Bu koptokcha bilan 
kapsula birgalikda buyrak tanachasi (corpuscula renis) ni tashkil qiladi. Buyrak 
tanachalari bilan naychalar o‘zaro birikkan holda nefron (nephron) – buyrakning 
struktura va funksional birligini tashkil etadi. Har bir buyrakda taxminan 1 mln 
nefron bor. 
Buyrak tanachalari bevosita proksimal buralma naychalarga – tubulus renalis 
contortus proximalis davom etib, buyrakning po‘st moddasidan piramidalar tomon 
yo‘nalgan. Naychalar piramidaning uchiga yaqinlashib orqasiga qaytadi va shu 
yo‘sinda nefron qovuzlog‗ini hosil qiladi. Po‘stloq moddaga yetgan distal buralma 
naychalar – tubulus renalis contortus distalis yig‗uvchi naychalarga qo‘shiladi. Bu 
naychalar piramidalar tarkibida joylashib, to‘g‗ri yo‘nalishga ega – tubulus renalis 
rectus. Ular asta-sekin o‘zaro qo‘shilishi natijasida 15–20 ta kalta naychalar – ductus 
papillares hosil qilib, piramidaning uchi (foramina papillaria) ga ochiladi. 
 
Siydik naychalari va qon tomirlarning ko‘rinishi. 
1–capsula fibrosa; 2–capsula adiposa; 3–fascia renalis; 4–vas afferens; 5–
corpuscula renis; 6–vas efferens; 7–pars convaluta; 8–tubuli renales recti; 9–capsula 
glomeruli; 10–tubuli renales contorti; 11–po‘stloq qavati; 12–vv. arcuatae; 13–
venulae rectae; 14–arteriolae rectae; 15–medulla renis; 16–ductus papillares; 17–
foramina papillaria; 18–a. renalis; 19–v. renalis; 20–ureter; 21–ren; 22–calyces 
renalis; 23–area cribrosa; 24–papillae renales; 25–pyramides renales; 26–v. 
interlobaris; 27–a. interlobaris renis; 28–basis pyramidis; 29–aa. arcuatae; 30–vv. 
inter lobulares; 31–aa. Interlobulares; 32–glomeruli; 33–rr. capsulares; 34–vv. 
stellatae; 35–pars radiata. 
Demak, kapsula bo‘shlig‗ida qon tomirli koptokchadan filtrlanish yo‘li bilan 
hosil bo‘lgan birlamchi siydik ushbu ultrafiltrat oqsillari bo‘lmagan qon plazmasiga 


390 
tarkibi jihatidan yaqindir. Birlamchi siydik buyrak naychalaridan o‘tayotganda 
organizmga kerakli bo‘lgan suv, mineral tuzlar va boshqa kerakli moddalar qayta 
shimiladi, natijada haqiqiy siydik paydo bo‘ladi. Siydik piramida so‘rg‗ichni o‘rab 
turgan kichik kosachalar (calyces renalis minores) ga quyiladi. 8–9 ta kichik 
kosachalar o‘zaro qo‘shilib, 2–3 ta katta kosacha – calyces renalis majores ni, ular 
o‘zaro qo‘shilib, buyrak jomi – pelvis renalis ni hosil qiladi. Jom buyrak 
darvozasidan chiqishi bilan siydik yo‘liga davom etib, qovuqqa ochiladi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin