385
nafas olganda esa 1600 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy havo
chiqadi. Natijada o‘pkada hayotiy havo sig‗imi o‘rtacha 3500–3700 ml gacha bo‘ladi.
Qolgan 1300–1400 ml havo esa qoldiq havo bo‘lib, doim o‘pkada turadi.
O‘ p k a d a q o n a y l a n i sh i. O‘pkada havo almashinish sodir bo‘lganidan
so‘ng, arteriya qon tomirlari bronxlarga o‘xshab shoxlanib, kapillyarlarga o‘tadi.
Kapillyarlar esa nafas pufakchalarini to‘r kabi o‘raydi.
Odam nafas olganda
kislorodga boy havo nafas pufakchalaridan (havo bosimi pufakchada ko‘tariladi)
arteriya kapillyarlariga shimiladi. Vena qonidagi karbonat angidridga boy havo
aksincha vena tomirlaridan nafas pufakchalariga o‘tadi. Natijada nafas pufakchalarida
havo almashinish sodir bo‘ladi. Arteriya qonidagi toza havo (kislorod) alveolalarga
o‘tsa, ulardagi CO2 nafas yo‘li orqali tashqariga chiqadi. Kislorod bilan boyigan qon
yig‗ilib, v.v. pulmonales orqali Yurakning chap bo‘lmachasiga,
undan chap
qorinchaga o‘tib, aorta orqali organizmga tarqaladi.
O‟pka segmentlari
(145). Xalqaro anatomik terminlar qoidasiga ko‘ra, o‘ng va
chap o‘pkada 10 tadan segment borligi qabul qilingan. Jumladan o‘ng o‘pkaning
Yuqori bo‘lagida 3 ta segment (uchida, orqa va oldingi) va pastki bo‘lagida 5 ta
segment (Yuqori, lateral va medial bo‘lak asosidagi hamda orqa va oldingi bo‘lak
asosidagi segmentlar) bo‘ladi.
Chap o‘pkaning tepa bo‘lagida 5 ta segment (tepasida 2 ta o‘pka uchidagi, orqa-
oldingi, Yuqori va pastki tilsimon segmentlar), pastki bo‘lagida ham 5 ta segment
(tepa, tepa usti asosidagi medial, lateral va orqa tomondagi
asosiy va tepa osti
segmentlar) bo‘ladi.
O‘pka va bronxlar segmenti.
a–o‘ng o‘pkaning ichkari Yuzasidan ko‘rinishi; b–chap o‘pkaning ichkari
Yuzasidan ko‘rinishi; c–o‘ng o‘pka; d–chap o‘pka;
O‘pka bo‘laklari (ayniqsa tepa bo‘lagi) chaqaloqlarda unchalik rivojlanmagan,
og‗irligi 40–70 g. Ikki Yoshdan so‘ng o‘pka ikki baravar
kattalashib, tashqi ko‘rinishi
katta odamlarnikiga o‘xshab qoladi. Bolalar balog‗atga yetgan davrda o‘pka bronxlari
3–4 marta oshadi. Bronxlar 40–45 Yoshda eng katta hajmga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: