Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

PLEVRA


386 
Plevra (
pleura) – o‘pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki varaqli bo‘ladi: 
uning ustidan o‘rab turgan varag‗i ichki (visceral) yoki o‘pka varag‗i (pleura 
pulmonalis), Ko‗krak bo‘shlig‗i devorining ichki tomoniga yopishgan varag‗i 
pariyetal (pleura parietalis) varaq deyiladi. Visseral plevra o‘pka to‘qimasiga 
yopishib, uning bo‘laklar oralig‗idagi yoriq ichiga ham kiradi. V i s s e r a l p l e v r a 
o‘pka darvozasiga kelganda o‘zaro uchrashadi, o‘pka darvozasining pastida plevralar 
qo‘sh qavatli boylamni (lig. pulmonale) hosil qilib, pariyetal plevraga o‘tib ketadi. P 
a r i y e t a l p l e v r a (pleura parietalis) qovurg‗a (pleura costalis), diafragma (pleura 
diaphragmatica) va ko‘ks oralig‗i (pleura mediastinalis) qismlariga ajraladi. Pariyetal 
plevraning tashqi Yuzasi Ko‗krak qafasi devoriga yopishib joylashgan. O‘pkalar 
uchini plevra gumbazi (cupula pleurae) qoplagan bo‘lib, u birinchi qovurg‗adan 3–4 
sm Yuqorida joylashgan. Pariyetal va visseral plevralar orasidagi plevra bo‘shlig‗ida 
ma‘lum miqdorda suYuqlik bo‘ladi. Bu suYuqlik plevralarning bir-biriga qaragan 
Yuzasini ho‘llab, nafas olish va chiqarishda ishqalanishni kamaytiradi. Plevra 
bo‘shlig‗ida (cavitas pleuralis) manfiy bosim bo‘lganligidan Ko‗krak qafasining 
germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo‘shlig‗iga havo kirib, o‘pkani ezadi, 
natijada nafas olish qiyinlashadi. Pariyetal plevraning diafragma qismi (pleura 
diaphragmatica) diafragmaning tepa Yuzasini (perikard yopishgan markaz qismidan 
tashqari) qoplaydi. Pariyetal plevraning ko‘ks oraliq qismi (pleura mediastinalis) 
to‘sh suyagining ichki Yuzasidan boshlanib, orqa tomonga yo‘nalgan holda umurtqa 
pog‗onasining ichki Yonboshidan qovurg‗alarga o‘tib ketadi. O‘ng va chap o‘pka 
orasida ko‘ks bo‘shlig‗i (mediastinum) joylashgan. Bu bo‘shliqni orqa tomondan 
umurtqa pog‗onasining Ko‗krak qismi, oldingi tomondan to‘sh suyagi, ikki Yon 
tomondan ko‘ks oralig‗i plevrasi (pleura mediastinalis), pastdan diafragma, tepadan 
Ko‗krak qafasining Yuqori teshigi chegaralab turadi. Ko‘ks oralig‗i kekirdak va 
bronxlar vositasida old (mediastinum anterius) va orqa (mediastinum posterius) 
qismlarga bo‘linadi. Oldingi ko‘ks oralig‗ida Yurak va uning xaltasi, ayrisimon bez, 
aorta ravog‗i, o‘pka arteriyasi stvoli va diafragma nervi joylashgan. Orqa ko‘ks 
oralig‗ida qizilo‘ngach, Ko‗krak aortasi, limfa yo‘li, venalar, nervlar bo‘ladi.
1
O‘ p k a v a p l e v r a c h e g a r a l a r i. O‘ng va chap o‘pkaning uchlari birinchi 
qovurg‗adan 3–4 sm Yuqorida bo‘ladi, so‘ngra o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi orqali past 
tomonga yo‘naladi. To‘sh suyagining dastasi bilan qo‘shiladigan chegarada 
o‘pkaning oldingi chegarasi boshlanadi. Shu joydan o‘ng o‘pkaning oldingi chegarasi 
to‘sh suyagining tanasiga parallel holda pastga tomon yo‘nalib, VI–VII qovurg‗aning 
tog‗ay qismiga yaqinlashadi va pastki chegaraga o‘tib ketadi. Chap tomonda Yurak 
joylashgan. Shuning uchun chap o‘pkaning oldingi chegarasi IV qovurg‗aga 
borganda chapga qarab chekinadi va VI qovurg‗aning tog‗ay qismida pastki 
chegaraga o‘tib ketadi. O‘pkalarning pastki chegarasi o‗mrov suyagining o‘rtasidan 
o‘tkazilgan vertikal chiziqda VI qovurg‗aga, linea mammillaris da VII qovurg‗aga, 
qo‘ltiq chizig‗i bo‘ylab IX qovurg‗aga va umurtqa pog‗onasi sohasida XII 
qovurg‗aga to‘g‗ri keladi. O‘ng o‘pkaga qaraganda chap o‘pkaning chegarasi bitta 
qovurg‗adan pastroqda joylashgan bo‘ladi. 
Plevralarning Yuqori, oldingi va orqa chegarasi deyarli o‘pka chegarasiga to‘g‗ri 
keladi. 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


387 
Pariyetal plevraning bir qismdan ikkinchi qismga o‘tish joylariga o‘pka kirib 
turmaganligi sababli u yerda bo‘shliq – sinuslar (recessus pleurales) mavjud. 
Jumladan qovurg‗a plevrasining diafragma plevrasiga o‘tish chegarasida recessus 
coctodiaphragmaticus bo‘lsa, ko‘ks oralig‗i plevrasining qovurg‗a plevrasiga o‘tish 
chegarasida recessus costomediastinalis ni ko‘rish mumkin. O‘pkalar sinuslarga faqat 
o‘ta chuqur nafas olgandagina kirishi mumkin. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin