382
Traxeya va bronxlar.
AMALIY MASHG„ULOT №25
Bronxlar. O„pka. Plevra. Ko„ks oralig„i. Qalqonsimon, qalkonorqasi, ayrisimon
bezlar
. O‗pka, shakli,
Yuzalari, qismlari, bo‗laklari, darvozasi. Bronxlarning
bo‗linishi, atsinus. Plevra , vicseral va parietal varaqlari. Uning qismlari va hosilalari.
Ko‗ks oralig‗i. Ko‗ks oralig‗i: Yuqori va pastki qismlari.
Qalqonsimon bezning
tuzilishi: ichki tuzilishi, faoliyati, garmonlari, qalqon orqa bezlari, tuzilishi, garmoni.
Ayrisimon bez – immun tizimining markaziy a‘zosi, faoliyati, tuzilishi, topografiyasi.
Bronxlar
(bronchi, 143) kekirdakning IV–V Ko‗krak umurtqalari ro‘parasida
(bifurcatio tracheae) o‘ng va chap bronxlar – bronchi principiales (Yunoncha
bronchus – nafas nayi) dexter et sinister bo‘linishidan vujudga keladi. O‘ng bronx
chap bronxga qaraganda birmuncha kalta va kengroq bo‘lib, 6–8 ta tog‗ay halqadan
tuzilgan. O‘ng bronx deyarli vertikal ravishda yo‘nalgan bo‘lib, uning ustidan v.
azygos o‘tadi va v. cava superior ga qo‘shiladi. Chap bronx o‘ng bronxga
nisbatan tor
va uzunroqdir. U 9–12 ta tog‗ay halqadan tuzilgan. Chap bronx ustida aorta yoyi
mingashib joylashgan. Chap bronx kekirdakdan burchak hosil qilib yo‘naladi.
Bronxlarning shilliq qavatlari kekirdak shilliq qavatiga o‘xshab tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: