Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Erkaklar jinsiy a‟zolari. Oraliq.
Erkaklar 
jinsiy a‘zolari: moyak, moyak ortig‗i, urug‗ olib ketuvchi nay, urug‗ pufakchasi, 
prostata, bulbo-uretral bezlar. Tashqi jinsiy a‘zolar: erlik olati, yorg‗oq. 
Oraliq..Chanoq diafragmalari, ularning muskul va fassiyalari. Ayollar oralig‗ining 
farqi. Quymich-to‗g‗ri ichak chuqurchsi. 
Tanosil a‘zolari erkaklar tanosil a‘zolari – organa genitalia masculina hamda 
ayollar tanosil a‘zolari – organa genitalia feminina ga bo‘linadi. Ichki va tashqi 
tanosil a‘zolari tafovut qilinadi. 
Erkaklarning ichki tanosil a‟zolari 
– organa genitalia masculina ga: 
1) erkaklarning jinsiy bezlari – moyaklar – testis, Yunoncha orchis yoki didymis 
va ular ortig‗i – epididymis;
2) urug‗ chiqarish yo‘llari – ductus deferens;
3) urug‗ pufakchalari – vesiculae seminales; 
4) prostata bezi – glandula prostatae; 
5) bulbouretral bezlar – glandulae bulbourethrales kiradi. Tashqi tanosil a‘zolari 
esa erlik olati – penis va yorg‗oq – scrotum dan iborat. Erkaklar siydik chiqarish 
kanali – urethra masculina ikkala sistema uchun umumiy bo‘lganligi sababli uning 
tuzilishi tanosil a‘zolariga qo‘shib o‘rganiladi. 
Organa genitalia masculine 
MOYAKLAR


393 
Moyaklar 
– testis (tuxum) bir juft bo‘lib, yorg‗oq ichida joylashgan. Moyaklar 
tanosil a‘zolari ichida erlik urug‗i – spermatozoid va erkaklik gormoni ishlab 
chiqarishi bilan erkaklarning asosiy jinsiy bezi bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. 
Moyakning ikki oxiri – extremitas superior va extremitas inferior tafovut 
qilinadi. Moyakning ikki qirg‗og‗i – margo anterior va posterior uning ikki facies 
medialis hamda lateralis Yuzasini o‘zaro ajratib turadi. Odatda, chap moyak o‘ng 
moyakka nisbatan bir oz pastroqda joylashgan. Moyakning orqa qirg‗og‗iga moyak 
ortig‗i epididymis va urug‗ chiqarish yo‘li funiculus spermaticus birikkan. 
Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o‘xshash yaltiroq oqsil parda – tunica 
albuginea o‘rab turadi. Pardaning ichki tomonidan moyak ichiga o‘sib kirgan 
to‘siqlar (septula testis) uni alohida (250–300) bo‘laklarga – lobuli testis ajratadi. 
Fibroz to‘siqlar – septula testis keng yoyilgan yelpig‗ichga o‘xshab moyak ko‘ksi – 
mediastinum testis sohasidan tarqalgan, uning ikkinchi tomoni esa tuxum devoriga 
birikkan. Har bir bo‘lakcha ichida urug‗ ishlab chiqaradigan 3–4 tadan buralma 
kanalchalar – tubuli seminiferni contorti bo‘lib, ular mediastinum tomonga 
yaqinlashganda kalta to‘g‗ri urug‗ kanalchalari (tubuli seminiferi recti) ga davom 
etadi. Garchi buralma kanalchalar ichida spermatogenez – urug‗ hujayralarining 
takomili sodir bo‘lsa-da, ushbu kanalchalar orasida erkaklar jinsiy gormonini ishlab 
chiqaruvchi hujayralar ham joylashgan. To‘g‗ri kanalchalar moyak oralig‗i sohasida 
o‘zaro qo‘shilib, moyak to‘ri – rete testis ni hosil qiladi. Kanalchalar to‘ridan 12–16 
ta urug‗ chiqarish naychalari – ductuli efferentes testis ajraladi va moyak ortig‗ining 
boshchasi tomon yo‘naladi. Urug‗ chiqarish naychalari moyak ortig‗ining yagona 
yo‘li – ductus epididymidis ga birikadi. Ushbu kanal bir necha marta buralgan bo‘lib, 
urug‗ chiqarish yo‘li – ductus deferens ga bevosita davom etadi. 
 
Moyak va moyak ortig‗i (kesilgan). 


394 
1–funiculus spermaticus; 2–caput epididymidis; 3–sinus epididymidis; 4–lobuli 
testis; 5–septula testis; 6–tunica albuginea; 7–tunica vaginalis testis (lamina 
viseralis); 8–tunica vaginalis testis (lamina parietalis); 9–fascia spermatica interna; 
10–mediastium testis; 11–cavum serosum; 12–plexus pampiniformis; 13–ductus
deferens. 
Mana shunday murakkab tuzilgan kanalchalar sistemasida faqat buralma urug‗ 
naychalarigina urug‗ ishlab chiqaradi va erkak jinsiy gormonlarini hosil qiladi
qolgan kanalchalar esa ana shu urug‗ni olib chiqib ketish hamda uni shilliq 
moddalarga boyitish vazifasini o‘taydi. 
Gormon (testosteron) ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a‘zolarning normal 
rivojlanishini ta‘minlaydi.
M o ya k o r t i g‗ i – epididymis shisha retortaga o‘xshash bo‘lib, uning bir oz 
kengaygan bosh qismi – caput epididymidis, o‘rtasidagi tana qismi – corpus 
epididymidis va pastki uchi ingichkalashgan dum qismi – cauda epididymidis tafovut 
qilinadi. Moyak ortig‗ining yagona yo‘li nihoyatda egri-bugri bo‘lib, chigal hosil 
qilib joylashgan, uning uzunligi 4 m ni tashkil qilishi mumkin. 
U r u g‗ ch i q a r i sh y o‘ l i (ductus deferens) qon tomir va nervlar bilan 
birgalikda biriktiruvchi to‘qimali parda bilan o‘ralib, urug‗ tizimchasi sifatida Chov 
kanali orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tadi. Bu yerda urug‗ chiqarish yo‘li qon tomirlardan 
ajralib, Chanoq bo‘shlig‗ining Yon devoriga tomon yo‘naladi. Qovuq tagiga yetganda 
kengayib, ampula (ampulla ductus deferentis) hosil qiladi va ductus excretorius bilan 
qo‘shiladi, so‘ngra urug‗ otuvchi yo‘lni (ductus ejaculatorius) hosil qiladi. Bu yo‘l 
prostata bezi orasidan o‘tib, siydik chiqarish kanalining urug‗ do‘mboqchasi asosida 
ochiladi. 
Urug‗ chiqarish yo‘lining uzunligi 40–45 sm, devori ichki– shilliq parda (tunica 
mucosa), o‘rtasidagi muskul parda (tunica muscularis) va tashqi – biriktiruvchi 
to‘qimali parda (tunica adventitia) dan tuzilgan. 
U r u g‗ t i z i m ch a s i (funiculus spermaticus) urug‗ chiqarish yo‘li (ductus 
deferens), moyakni oziqlantiruvchi arteriya qon tomiri, ulardan ketuvchi vena, limfa 
tomirlari va nervlarning birga ichki urug‗ fassiyasi o‘ramidan vujudga keladi. Urug‗ 


395 
tizimchasi moyakdan Chov kanali orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tadi. Qorin bo‘shlig‗ida 
qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug‗ otuvchi (ductus ejaculatorius) 
kanalchalarga o‘tadi. 
150.
Prostata bezi va urug‗ pufakchalari. 1–ductus deferens; 2–ampulla ductus 
deferentis; 3–ductus ejaculatorius teshigi; 4–sinus prostaticus; 5–crista urethralis; 6–
pars membranacea urethrae; 7–colliculus seminalis; 8–utriculus prostaticus; 9–
prostata; 10–urethra (pars prostatica); 11–ductus ejaculatorius; 
U r u g‗ p u f a k ch a l a r i (vesiculae seminales) bir juft, usti notekis, uzunligi 5 
sm, kengligi 3 sm keladigan xaltacha bo‘lib, ishlab chiqargan suYuqlik siydik 
chiqarish yo‘lini spermatozoidlar uchun tayyorlab beradi. Aks holda moyakdan 
kelayotgan urug‗ siydik yo‘lidan o‘ta turib otalantirish va harakatlanish xususiyatini 
yo‘qotadi. 
Urug‗ pufakchalarining devori ichki tomondan katak-katak joylashgan shilliq 
qavat, o‘rta – muskul qavat va ustki –biriktiruvchi to‘qimali qavatdan tuzilgan. Urug‗ 
pufakchalarining ostki o‘tkirlashgan qismi ingichka va kalta chiqaruv yo‘liga (ductus 
excretorius) o‘tib, ductus deferens bilan birikkan. 
B u l b o u r e t r a l b e z l a r – glandulae bulbourethrales siydik chiqarish kanali 
so‘g‗oni bezlari yoki Kuper bezlari, Yumaloq, kattaligi no‘xatdek bir juft bez bo‘lib, 
siydik chiqarish yo‘lining parda qismida, olat so‘g‗oni (bulbus penis) ning ustida 
joylashgan. Bezlarning ingichka naychalari olat so‘g‗onining ichidan o‘tib, siydik 
chiqarish yo‘liga ochiladi. Bezlar suYuqligi siydik chiqarish yo‘lining devorini siydik 
ta‘siridan saqlaydi.
P r o s t a t a b e z i (prostata) qovuq tagida siydik chiqarish kanalini o‘rab 
joylashgan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari silliq muskul tolalari va biriktiruvchi 
to‘qimalar ham uchraganligi sababli bu muskulli bez a‘zo hisoblanadi. Prostata bezi 
qizg‗ish rangda bo‘lib, katta odamlarda uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og‗irligi 
taxminan 20 g. Uning tarkibi 30–50 bezchalar yig‗indisidan iborat. Ularning sekret 
chiqarish naychalari siydik chiqarish kanalining prostata bezi ichidan o‘tgan qismiga 
ochiladi. 
Prostata bezi shakli bo‘yicha kashtanni eslatadi, uning kengroq tomoni (asosi) –
basis prostatae qovuqqa qaragan, toraygan cho‘qqisi – apex pastga, siydik-tanosil 
diafragmasiga qaragan. U uncha aniq bo‘lmagan ikki bo‘lakka – lobus dexter et 
sinister ga bo‘lingan. Ular o‘zaro ponasimon lobus medius bilan bog‗langan bo‘lib, 


396 
bez siqig‗i – isthmus prostatae deb Yuritiladi, bu yerda urug‗ chiqaruvchi yo‘llar 
joylashgan.
Prostata bezi ishlab chiqaradigan suYuqlik spermatozoidlarni suYultirib, 
harakatini faollashtiradi va o‘z tarkibida gormonlarga yaqin bo‘lgan prostaglandin 
moddalarini saqlaydi. Bez muskullari siydik chiqarish kanalining prostata qismini 
siqib turish vazifasini bajaradi. 
S p e r m a (sperma) – urug‗, moyaklar bo‘lakchalarida joylashgan burama 
kanalchalarda odam balog‗atga yetgandan keyin ishlanadi. Yetilgan urug‗ to‘g‗ri 
kanalchalardan moyak to‘riga, undan urug‗ chiqarish kanalchalariga, ulardan urug‗ 
tizimchasi orqali urug‗ otuvchi yo‘lga o‘tadi, so‘ngra siydik chiqarish kanalining 
prostata qismiga ochiladi. Balog‗atga yetgan odamda, uning jinsiy jihatdan faol 
bo‘lgan davrida urug‗ hujayralari – spermatozoidlar moyakdan doimiy yetishib 
turadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin