Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

QALQONSIMON BEZ 
Qalqonsimon bez 
(glandula thyroidea, 157) toq bez bo‘lib, bo‘yin sohasida 
hiqildoqning qalqonsimon tog‗ayi bilan kekirdakning Yuqoridagi 3–4 tog‗ay 
halqalari oldida joylashgan. Taqasimon shakldagi bez katta odamlarda 30–50 g, 
chaqaloqlarda 1,8–2,5 g bo‘ladi. Bolalarning keyingi o‘sish davrlarida 10–15 g gacha 
kattalashadi. Qarilik davrida uning asta-sekin kichiklashishi kuzatiladi. Ammo 
bezning katta-kichikligi buqoq kasalligi bor odamlarda boshqacha bo‘ladi, ya‘ni 
kattalashib og‗irligi hatto 1–1,5 kg ni tashkil etadi. Qalqonsimon bezning o‘ng (lobus 
dexter) va chap (lobus sinister) bo‘lakchalari, oraliq qismi bo‘yin (isthmus gl. 
thyroidei) orqali o‘zaro qo‘shiladi. Taxminan 25–30 foiz odamlarda bezning 
bo‘ynidan tepaga qarab joylashgan (lobus pyramidalis) piramidasimon bo‘lagi 
uchraydi. Bezni o‘rab turgan fibroz pardadan (capsula fibrosa) o‘sib kirgan o‘simtalar 
(trabekulalar) bez ichkarisini bo‘lakchalarga ajratadi. Bez bo‘lakchalari pufakchalar 
(follikulalar)dan iborat bo‘lib, uning ichki Yuzasi kubsimon hujayralar bilan 
qoplangan. Follikulalar tarkibida quYuq kolloid moddasi bo‘lib, uning tarkibida 
yodga boy aminokislotalar, oqsil bo‘ladi. Bez tarkibida yod qon plazmasi tarkibiga 
nisbatan 300 marta oshiq bo‘ladi. Bezning Yuzasini qon tomir to‘rlari va nerv 
chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi. 


406 
Qalqonsimon bez. 
1–a.laryngea superior; 2–a. thyroidea superior; 3–m. thyrohyoideus; 4–cartilago thyroidea; 5–
v. thyroidea superior; 6–r. cricothyroideus; 7–lobus dexter; 8–m. cricothyroideus; 9–cartilago 
cricoidea; 10–a. thyroidea inferior; 11–a. thyroidea ima; 12–a. thyroidea inferior; 13–trachea; 14–
plexus thyroideus impar; 15–v. thyroidea inferior; 16–isthmus glandulae thyroideae; 17–lobus 
sinister; 18–a. thyroidea superior; 19–lobus pyramidalis; 20–lig. thyrohyoideum medianum; 21–os 
hyoideum. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. laryngei superior et inferior (n. vagus). 
Q o n t o m i r l a r i: aa. thyroidea superior dextra et sinistra (a. carotis externa 
tarmoqlari), aa.thyroidea inferior dextra et sinistra (a. subclavia tarmoqlari). Ba‘zida 
yelka-bosh arteriya poyasidan qo‘shimcha a. thyroidea ima ham chiqadi. Bu 
arteriyalar bez kapsulasi ostida o‘zaro qo‘shilib, qon tomir to‘rini hosil qiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin