Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


AYOLLARNING SIYDIK CHIQARISH KANALI



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AYOLLARNING SIYDIK CHIQARISH KANALI 
Ayollarning siydik chiqarish kanali (urethra feminina) qisqa, uzunligi 3–3,5 sm 
bo‘lib, devori ancha cho‘ziluvchan, diametri birmuncha katta (7–8 mm). Nayning 
ichki teshigi va siydik-tanosil diafragmasini teshib o‘tgan bo‘lagi qisuvchi muskul – 
m. sphincter urethrae bilan o‘ralgan. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi 
(ostium urethrae) qin dahliziga ochiladi. Kanal devori ichkari tomondan shilliq qavat 
bilan qoplangan. Bu qavatda mayda shilliq bezlari – glandulae urethrales uchraydi. 
Shilliq osti qavati qon tomirlarga boy biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Siydik 
chiqarish kanalini ust tomondan silliq muskul o‘rab turadi.
O r a l i q (
perineum,
154, 155lar) deb, tashqi tanosil a‘zolari bilan orqa teshik – 
anus orasidagi sohaga aytiladi. Oraliqni oldindan simfiz, orqadan dum suyagining 
cho‘qqisi, ikki Yon tomondan quymich do‘mboqlari chegaralab turadi. Oraliq – 
muskullar va ularni tepadan, pastdan o‘rab turgan fassiyalardan iborat bo‘lib, 
Chanoqning pastki teshigini qoplab turadi. Oraliqda tashqi tanosil a‘zolari va orqa 
teshik joylashgan. Oraliq ikkita soha – oldingi siydik-tanosil diafragma – diaphragma 
urogenitale va orqadan Chanoq diafragma – diaphragma pelvis ga bo‘linadi. Fascia 
diaphragmatis urogenitalis superior prostata bezi atrofida fascia pelvis ga o‘tadi. 
Fascia diaphragmatis urogenitalis inferior esa olatning piyoz qismida o‘zaro 
qo‘shiladi. Ayollarda esa tepa va pastki fassiyalar qin va siydik chiqarish naylari 
bilan qo‘shiladi. 
Ayollar oralig‗i. 
1–glans clitoridis; 2–ostium urethrae externum; 3–fascia superficialis perinei; 4–ostium 
vaginae; 5–fascia lata; 6–m. bulbospongiosus; 7–fascia diaphragmatis pelvis inferior; 8–fascia 
glutea; 9–lig. anococcyge-um; 10–m. levator ani; 11–m. gluteus maximus; 12–lig. sacrotuberale; 
13–m. sphincter ani externus; 14–anus; 15–m. transversus perinei superficialis; 16–fascia 
diaphragmatis urogenitalis superior; 17–m. transversus perinei profundus; 18–fascia diaphragmatis 
urogenitalis inferior;19–m. ischiocavernosus. 
Oraliq Yuza fassiyasi (fascia superficialis perinei) diafragmaning pastki 
Yuzasidagi barcha muskullarni qoplab, Chanoq suyagining ichki Yuzasiga yopishadi. 
Bu fasciya orqa tomonda siydik-tanosil diafragmasining orqa qirrasiga, oldinda esa 
fascia penis bo‘lib davom etadi. Ayollarda bu fassiya qin dahlizida ikki bo‘lakka 
ajraladi. 


403 
Siydik-tanosil diafragma qismini quymich va qov suyaklarining butoqlari 
chegaralab turadi. Bu sohani oraliqning chuqur ko‘ndalang muskuli m. transversus 
perinei profundus siydik chiqarish kanalining siquvchi muskullari va fassiyalar fascia 
diaphragmatis qoplab turadi. M. transversus perinei profundus pars membranacea 
urethrae quymich suyagining do‘mbog‗i va pastki butog‗idan boshlanadi va o‘rtadagi 
pay markazi (centrum perineale) ga birlashadi. Ayollarda bu muskul unchalik 
rivojlanmagan bo‘lib, siydik chiqarish nayini va qinni aylanasiga o‘rab joylashadi. M. 
spnihcter urethrae siydik chiqarish nayining parda qismini halqa bo‘lib o‘raydi. 
Bulardan tashqari, siydik-tanosil to‘sig‗ining Yuzasida piyoz-g‗ovak muskuli – m. 
bulbospongiosus joylashgan. Bu muskul erkaklarda bulbus Yonboshini va corpus 
spongiosum penis ni o‘rab, oraliqning o‘rta qismida o‘zaro birlashadi, siydik va 
erkaklik urug‗i (spermatozoid) suYuqligini chiqarishga xizmat qiladi. Ayollarda esa 
qinga kirish qismini o‘rab, qisqarganda qin kirish qismini siqadi. Quymich g‗ovak 
muskuli – m. ischiocavernosus quymich suyak do‘mbog‗ining ichki Yuzasidan 
boshlanib, crus penis ning Yonboshidan o‘tib, penis ning orqa Yuzasida o‘zaro 
qo‘shiladi. Ayollarda bu muskul klitorni o‘raydi. Bu muskul qisqarib vena qonining 
oqishini qiyinlashtiradi, bu bilan erkaklarda olatni, ayollarda klitorni qo‘zg‗atadi.
1
Erkaklar siydik-tanosil to‘sig‗i orqali siydik chiqarish kanali, ayollarda siydik 
chiqarish kanali bilan qin o‘tadi.
 
Erkaklar oralig‗i. 
1–scrotum; 2–fascia superficialis perinei; 3–fascia lata; 4–tuber ischiadicum; 5–fossa 
ischiorectalis; 6–fascia diaphragmatis pelvis inferior; 7–fascia glutea; 8–m. sphincter ani externus; 
9–os coccygis; 10–lig. anococcygeum; 11–anus; 12–m. gluteus maximus; 13–m. levator ani; 14–m. 
transversus perinei superficialis; 15–diaphragma urogenitale; 16–m. ishiocavernosus; 17–m.
bulbospongiosus. 
Oraliq Chanoq to‘sig‗i – diaphragma pelvis m. levator ani va m. coccygeus dan 
tuzilgan. Oldingisi siydik-tanosil diafragmaga qaraganda kattaroq. Oraliqning bu 
bo‘lagi pastga qaragan gumbaz shakliga o‘xshab tuzilgan. Chanoq gumbazi bilan 
quymich suyagi oralig‗ida hosil bo‘lgan to‘g‗ri ichak-quymich bo‘shlig‗ini – fossa 
ishiorectalis yog‗ to‘qimalari to‘ldirib turadi va undan nerv, qon tomirlari o‘tadi. 
Chanoqning tubini hosil qilishda orqa teshikni ko‘taruvchi m. levator ani hamda m. 
coccygeus muskullarining ahamiyati katta. 
Orqa teshikni ko‘taruvchi muskul (m. levator ani) uchburchak shaklida bo‘lib, 
qov suyagining ichki Yuzasi (fascia obturatoria interna) dan, quymich suyagining 
ichki Yuzasidan boshlanib, oraliq o‘rtasida pay yoyi arcus tendines m. levator ani 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


404 
bo‘lib o‘zaro tutashadi. Bu muskul orqa teshikni ko‘taradi (ayollarda qinni ham 
siqadi). 
Chanoq diafragmasidan o‘tgan to‘g‗ri ichak orqa teshik bo‘lib tugaydi. Orqa 
teshikning atrofini teri ostida joylashgan, orqa teshikning Yuza Chiquvchi muskuli – 
m. sphincter ani externus o‘rab turadi. U odam ixtiyoriga bo‘ysunuvchi muskuldir. 
Oraliq fassiyalari orasida Yuqori va ostki siydik-tanosil diafragma fassiyalari hamda 
Yuza oraliq fassiyalari tafovut qilinadi. 
Dum muskuli (m. coccygeus) qov va quymich suyaklar butoqlaridan boshlanib, 
Chanoq diafragmasining orqa qismini to‘ldirib turadi. Bu muskuldan siydik chiqarish 
nayining parda qismi o‘tadi. Ayollarda siydik chiqarish nayi bilan qin o‘tadi. 
Chanoq diafragmasining Chanoq fassiyasi (fascia pelvis) fascia iliaca ning 
davomi bo‘lib, Chanoqda m. levator ani ning tepa Yuzasini va Chanoq 
diafragmasidan o‘tayotgan a‘zolarni qisman o‘raydi. 
Chanoq diafragmasining pastki Yuzasini fascia diaphragmatis pelvis inferior 
o‘rab, to‘g‗ri ichakning ikkala Yonboshi va Chanoq bo‘shlig‗ining oralig‗ida 
joylashgan bo‘shliq (fossa ischiorectalis) yog‗ to‘qimalari bilan to‘lib turadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin