AYOLLARNING TASHQI TANOSIL A‟ZOLARI Ayollarning tashqi tanosil a‘zolari katta va kichik uyatli lablar hamda ular
orasida joylashgan klitordan iborat(
153 ).
K a t t a u y a t l i l a b l a r – labia majora pudendi tanosil yorig‗ining ikki
Yonboshida teri burmasidan iborat bo‘lib, ichida biriktiruvchi yog‗ to‘qimalari ko‘p.
Lablar oldingi va orqa tomonda o‘zaro qo‘shilma comissura laborium anterior et
posterior hosil qilib birlashadi. Oldingi qo‘shilmaning tepasida yog‗ to‘qimasi ko‘p
bo‘lganidan qov do‘mbog‗ini mons pubis hosil qiladi. Qov bilan katta uyatli lablar
terisining oldingi yarmi (13–15 Yoshlardan boshlab) tuk bilan qoplangan bo‘ladi.
Katta uyatli lablar terisi ichkariga qarab yo‘nalgan sari Yupqalashadi va shilliq
pardaga o‘tib ketadi.
Ayollarning tashqi tanosil a‘zolari.
1–frenulum clitoridis; 2–ostium urethrae externum; 3–ostium vestibuli vaginae;
4–ostium vaginae; 5–hymen; 6–fossa vestibuli vaginae; 7–perineum; 8–anus; 9–
comissura laborium posterior; 10–frenelum laborium pudendi; 11–ductus glandulae
vestibularis majoris; 12–labium minus pudendi; 13–ductus paraurethralis; 14–labium
majus pudendi; 15–glans clitoridis; 16–preputium clitoridis; 17–comissura laborium
anterior; 18–mons pubis.
K i c h i k u y a t l i l a b l a r – labia minora pudendi katta uyatli lablar ostida
sagittal bo‘lib joylashgan teri burmasidan tashkil topgan. Kichik uyatli lablarning
ichki Yuzalari shilliq pardadan tuzilgan bo‘lib, bir-biriga tegib turadi, tashqi Yuzalari
esa teridan tuzilgan bo‘lsa ham birmuncha qizg‗ish ko‘ringani uchun shilliq pardaga
o‘xshab ketadi. Ikkala kichik uyatli lablar oralig‗i qin dahlizi vestibulum vaginae
bo‘lib, uning tepa qismida, katta va kichik uyatli lablar oralig‗ida klitor (shahvoniy
do‘ng) joylashgan. Klitor tuzilishi va shakli jihatidan erlik olatini eslatadi. Lekin
klitorni faqat ikkita g‗ovak tana tashkil etadi. Klitor sezuvchi nerv oxirlariga boy.
Undan pastroqda siydik chiqarish nayining tashqi teshigi va undan ham pastroqda qin
teshigi joylashgan.
402
Qin dahlizining ikki Yoniga dahliz – glandula vestibularis Bartolini bezi yo‘llari
ochiladi. Bu bezlar erkaklarning bulbouretral bezlariga o‘xshaydi.