400
yo‘naltiradi. 2. Ichki halqasimon, tashqi uzunasiga yo‘nalgan muskul parda – tunica
muscularis. 3. Seroz parda – tunica serosa va uning ostida joylashgan tela subserosa
o‘zaro farq qiladi.
Bachadon
(lot. uterus, Yunoncha metro yoki hystera) kichik Chanoq
bo‘shlig‗ida, qovuq bilan to‘g‗ri ichak o‘rtasida joylashgan nokka o‘xshash a‘zo
bo‘lib, unda homila rivojlanadi. Bachadon qizlarda, farzand ko‘rmagan ayollarda 50
g bo‘ladi .
B a ch a d o n b o‘ y n i – cervix uteri 152) tanasi (corpus uteri) va tubi (fundus
uteri) tafovut qilinadi. Bachadon tanasi va tubi oldinga qovuq Yuzasi bilan qovuq
ustida bir oz bukilib, orqa Yuzasi esa to‘g‗ri iChakka Yuzma-Yuz joylashgan.
Bachadon bo‘ynining bir qismi qin ichiga – portio vaginalis kirib turadi.
Shu yerda
bachadon teshigi – ostium uteri qinga ochiladi.
Bachadon devori qalin bo‘lib, uch qavatdan iborat:
1. I ch k i sh i l l i q q a v a t – endometrium bachadon naylari shilliq pardasining
davomidir, bachadon tanasi ichida burmalar bo‘lmaydi. Shilliq qavatda mayda
bachadon bezlari – glandulae uterinae uchraydi. Shilliq qavat bachadon bo‘yni
qismida yanada qalinlashib, bir necha burmalarni hosil qiladi,
bu yerda mayda
bezlardan tashqari shilliq bezlar (gl. cervicales) ham bo‘ladi. Bachadon shilliq qavati
balog‗atga yetgan qizlarda va homilasi bo‘lmagan ayollarda har 28 kunda (har oyda)
hayz ko‘rish munosabati bilan o‘zgarib turadi.
2. O‘ r t a m u s k u l q a v a t – myometrium silliq muskul tolalaridan iborat va
uch qavat bo‘lib joylashgan. Ichki va tashqi muskul tolalari bo‘ylama joylashgan.
Odatda, muskul qavati qon tomirlarga boy bo‘ladi.
3. T a sh q i q a v a t – perimetrium seroz pardadan iborat. Bachadonni old va
orqa tomondan yopib turadi, uning keng boylami – lig. lata uteri ga aylanib ketgan
seroz pardaning ikki varag‗i orasida (bachadon bo‘ynining ikki Yonboshida)
biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan qatlam – parametrium uchraydi.
Bachadon tanasining ichidagi bo‘shliq uchburchak shaklida bo‘lib, uning tepa
tomondagi ikki Yon burchagiga bachadon naylari ochiladi, pastki burchagi esa bo‘yin
ichidagi kanal – canalis cervicis uteri orqali bachadon
tashqi teshigi va qin
bo‘shlig‗iga ochiladi. Bachadonning tashqi teshigi bola tug‗magan ayollarda
Yumaloq, tuqqan ayollarda ko‘ndalangiga cho‘zilgan tirqish holatida bo‘ladi.
Qorin parda bachadonning oldingi Yuzasini qoplaydi, so‘ngra orqa Yuzasidan
to‘g‗ri iChakka o‘tib ketadi. Natijada bachadon bilan qovuq oralig‗ida chuqurlik –
excavatio vesicouterina vujudga keladi. Xuddi shunday
chuqurlik bachadon bilan
to‘g‗ri ichak o‘rtasida (excavatio rectouterina) ham bo‘ladi.
Bachadonni o‘rab turgan qorin parda uning Yon tomonidan Chanoq devoriga
yo‘naladi. Qorin pardaning ana shu bachadon bilan Chanoq devori oralig‗idagi qismi
bachadonning keng boylami – lig. lata uteri deyiladi. Bu boylamning bachadon nayi
bilan tuxumdon o‘rtasidagi qismida bachadon nayi tutqichi – mesosalpinx bo‘ladi.
Bachadon nayining old tomonidan boshlangan bachadon Yumaloq boylami –
lig. teres uteri Chov kanali orqali tashqariga chiqib, katta uyatli lablar terisida
tugaydi. Bachadonning homiladorlik davridagi uzunligi 20 sm, og‗irligi 1
kg gacha
bo‘ladi.
Qin
(lot. vagina, Yunoncha colpos) bachadon bo‘yni bilan tashqi tanosil a‘zolari
oralig‗ida joylashgan. Uzundigi 8 sm gacha bo‘lgan qin devorining ichki shilliq
401
qavatida juda ko‘p ko‘ndalang burmalar ko‘rinadi. Devorning ikkinchi muskul qavati
tolalari ko‘ndalangiga va uzunasiga yo‘nalgan. Muskul qavat tashqi tomondan fibroz
parda bilan o‘ralgan. Bachadon bo‘yni qinning tepa qismi ichiga ancha kirib
joylashganidan uning atrofida chuqurliklar paydo bo‘ladi. Qin orqa devori (paries
posterior) ning Yuqori qismi qorin parda bilan o‘raladi, qolgan qismi to‘g‗ri iChakka
yaqin turadi. Oldingi devor – paries anterior ning ustki qismi qovuqqa, pastki qismi
siydik chiqarish kanaliga yaqin turadi. Qizlarda qinning tashqi teshigi halqa
shaklidagi shilliq (qizlik) parda – hymen bilan bekilib turadi. Pardaning o‘rtasida
kichkina teshik bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: