Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI 
Me‟da osti bezi 
(pancreas) ning ichki sekretsiya gormoni – insulin va 
glYukagon, me‘da osti bezining tana va dum bo‘laklari tarkibida joylashgan maxsus 
hujayralar (pankreatik Langergans orolchasi)da ishlanadi va qonga shimiladi. 
GlYukagon gormoni qonda glYukozaning miqdori kamayganda jigardagi glikogenni 
glYukozaga aylantirib, uning miqdorini 4,5-6,5 mmol/l ga tenglashtiradi. Insulin 
gormoni qonda glYukoza oshib ketsa, glYukozani glikogenga aylantirib organizmda 
qand miqdorini bir me‘yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi 
qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi. Bunda bemor bir kecha-kunduzda 5–6 l suv 
yo‘qotib, organizm suvsizlanadi, u juda tashna bo‘lib, ko‘p suv ichadi. Qon tarkibida 
qandning ko‘payishi sababli jigarda ham glikogen miqdori kamayadi, oqsil va yog‗lar 
parchalanib qandga aylanadi, natijada odam ozib ketadi. Shu sababli organizm 
funksiyalari (nafas funksiyasi ham) o‘zgarib, bemor hushdan ketishi, ahvoli 
og‗irlashib, hatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qand kasalligiga 
duchor bo‘lgan odamlar shirinlik, oq non va xamir yemasliklari, vrach maslahati 
bilan insulin olib turishlari kerak. 
 
JINSIY BEZLARNING 
ENDOKRIN QISMI 
Erkaklar urug‗ bezi (moyak) dagi urug‗ ishlab chiqaradigan kanalchalar 
oralig‗ida joylashgan to‘qimada testosteron gormonini ishlab chiqaradigan 
interstitsial hujayralar bo‘ladi. Gormon ta‘sirida ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy 
a‘zolarning normal rivojlanishi ta‘minlanadi. Erkaklar urug‗ bezi olib tashlanganda 
Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidagi follikulalarda 
esa follikulin gormoni ishlanib chiqadi. Follikulin jinsiy organlarning normal 
rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo‘lishini va nerv sistemasi 
qo‘zg‗alishini ta‘minlaydi. 
Ma‘lumki, tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra tuxumdon pardasini yorib 
tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naychaning ichiga 
o‘tadi (tuxumdon anatomiyasiga qarang). 
Tuxumdon pardasining yirtilgan joyida ikki xil sariq tana (corpus luteum) paydo 
bo‘ladi. Biri chin (haqiqiy) yoki homiladorlik sariq tanasi (corpus luteum 
graviditatis), ikkinchisi soxta yoki hayz sariq tanasi (corpus luteum menstruationis) 
deyiladi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon 


411 
pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha, otilib chiqqan tuxum 
hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo bo‘ladi. 
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida (9 oygacha) saqlanadi, undan 
chiqqan gormon homilaning normal rivojlanishini ta‘minlab, yangi tuxum hujayra 
yetilishini to‘xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq 
tana olib tashlansa, homila o‘sishdan to‘xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan 
gormon esa yangi tuxum hujayraning yetilishiga ta‘sir etadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin