Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

ORTIQSIMON TANA 
Ortiqsimon tana
(corpus pineale yoki epiphysis cerebri,) bosh miyadagi to‘rt 
do‘mboqning Yuqorisida, ikkita do‘mboq o‘rtasida joylashgan moshdek (og‗irligi 0,2 
g) dumaloq bez bo‘lib, ko‘rish do‘mbog‗iga (comissura habenularum) Yuganchalar 
yordamida tutashib turadi. Bez uni o‘rab turgan parda o‘siqlari (trabekulalar) bilan 
bo‘lakchalarga ajralgan. Bez yangi tug‗ilgan bolalarda 7–10 mg ni tashkil etsa, 10 
Yoshlarga borganda uning og‗irligi deyarli ikki baravar oshadi. Qarilik davrida bez 
tarkibida ohak moddasi to‘planadi. 


409 
Epifiz gormoni jinsiy bezlarning rivojlanishini me‘yorda ushlab turadi. Bez 
faoliyati susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivojlanib, qiz va o‘g‗il bolalar ertaroq 
balog‗atga yetadi.
Ortiqsimon bez III qorincha tepa qismidan rivojlanadi.
Q o n t o m i r l a r i: a. chorioidea posterior (a. cerebri posterior), a. cerebelli, a. 
cerebri media. 
BUYRAK USTI BEZI 
Buyrak usti bezi
(glandula suprarenalis, 160) qalpoq shaklida, o‘ng va chap 
buyrak ustida joylashgan bo‘lib, unda old (fascies anterior), orqa (fascies posterior) 
va pastki (fascies renalis) Yuzalar tafovut etiladi. Bezning og‗irligi 3–5 g. Tashqi 
Yuzasi g‗adir-budur, uning old tomonida egatcha-darvoza (hilus) ko‘rinib turadi. 
Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o‘simtalar uni bir nechta bo‘laklarga ajratadi. 
Bez tashqi sarg‗imtir po‘stloq (cortex) va ichkarisida joylashgan qoramtir miya 
(medulla) qismidan tuzilgan. Po‘stloq qismi va miya qismi tuzilishi, rivojlanishi va 
bajaradigan ishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bezning og‗irligi yangi tug‗ilgan 
bolalarda 3–4 g bo‘lsa, 8–10 Yoshlarga borib 1–1,5 marta kattalashadi, 20 Yoshlik 
davrda esa bezning og‗irligi o‘rtacha 11–13 g ga tenglashadi. Qarilik davriga 
borganda bez hajmi asta-sekin kamaya boshlaydi. 
Po‘stloq qismi mezodermadan rivojlanib, turli gormonlar ishlab chiqaradigan 
qon tomir va nervlarga boy epiteliy hujayralardan paydo bo‘lgan uchta sohadan 
iborat. Bezning bu qismidan ishlanib chiqadigan aldosteron gormoni organizmda suv-
tuz almashinishi jaraYoniga ta‘sir etsa, gidrokortizon gormoni oqsil, yog‗ va uglevod 
almashinishi jaraYonida ishtirok etib, organizmning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish 
kuchini oshiradi, yallig‗lanish kasalligining tez tuzalishini ta‘minlaydi. Bezda 
ishlangan jinsiy gormonlar esa jinsiy bezlarga ta‘sir etadi. Buyrak usti bezi po‘stloq 
qismining faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli kasalliklarga qarshilik 
ko‘rsatish qobiliyati ham pasayadi, hatto kasallikka olib keladi (odam terisi bronza 
rangiga o‘xshab qoladi). Aksincha, bezning po‘stloq qismi funksiyasi ortganda jinsiy 
bezlarning gormon ishlab chiqarish faoliyati kuchayadi va o‘spirinlar tezroq 
balog‗atga yetadi. 
Buyrak usti bezi. 
1–aa. suprarenales superiores; 2–a. suprarenalis media; 3–a. phrenica inferior; 4–truncus 
coeliacus; 5–aorta; 6–v. cava inferior; 7–v. testicularis dextra; 8–aa. testiculares; 9–v. renalis; 10–a. 


410 
mesenterica superior; 11–ureter; 12–v. testicularis sinistra; 13–vv. stellatae; 14–ren; 15–a. renalis; 
16–a. suprarenalis inferior; 17–v. suprarenalis superior; 18–glandula suprarenalis. 
Bezning miya qismi ektodermadan (simpatik tugunlari o‘sadigan joydan) 
rivojlanadi. Bu qismga adrenalin yoki xromaffin sistemasi deyiladi. Bezning miya 
qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Adrenalin Yurak qisqarish 
faoliyatini oshiradi, qon tomirlarni siqadi. Ichak devorlarining siqilish qobiliyatini 
(ichak peristaltikasini) pasaytiradi. Bronxlarni kengaytiradi.
I n n e r v a t s i y a s i : n.splanchnicus major (plexus coeliacus) 
Qon tomirlari: a.suprarenalis superior (a.phrenica inferior), media (aorta 
abdominalis) et inferior (a.renalis).

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin