Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Qalqonsimon bezning orqa tanachalari



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Qalqonsimon bezning orqa tanachalari
(glandula parathyroidea, 158) to‘rtta, 
ba‘zan beshta bo‘lib, qalqonsimon bez Yon bo‘laklarining orqa Yuzasiga ikki juft – 
glandula parathyroidea superior (bir juft), glandula parathyroidea inferior (bir juft) 
bo‘lib yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bo‘lgan bu bezlarning 
uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga 
boy parda bilan o‘ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi. 
Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez orqa tanachalari. 
1–m. constrictor pharungis medius; 2–lig. thyrohyoideum; 3–raphe pharyngis; 4–glandula 
thyroidea (lobus sinister); 5–oesophagus; 6–cartilagines tracheales; 7–glandula parathyroidea 
inferior; 8–glandula thyroidea (lobus dexter); 9–glandula parathyroidea superior; 10–m. constrictor 
pharyngis inferior. 
AYRISIMON BEZ 
Ayrisimon bez 
(buqoq bezi, timus – thymus, 159) ikki bo‘lak (lobus dexter–
o‘ng va lobus sinister – chap bo‘lak) dan tuzilgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalar 


407 
vositasida o‘zaro qo‘shilgan. Bez Ko‗krak qafasining tepa qismida (to‘sh suyagi 
dastasining orqa tomonida) o‘ng va chap mediastinal plevra oralig‗ida joylashgan. 
Bezning Yuqori, o‘tkir qismi bo‘yinning kekirdak oldi fassiyasi oralig‗idan 
(bolalarda 1–1,5 sm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon 
muskullar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti qavariq holda bo‘lib, 
to‘sh suyagining dastasi va qisman tanasining orqasida (II–IV qovurg‗alar tog‗ay 
sathida) joylashgan. Bezning orqasida perikardning Yuqori qismi, aorta va o‘pka 
stvoli, aorta ravog‗i va undan tarqaluvchi yirik tomirlar, chap yelka-bosh va Yuqori 
kavak venalar joylashgan. 
Qalqonsimon va ayrisimon bezlar. 
1–lobus pyramidalis; 2–a. thyroidea inferior; 3–aa. thymicae; 4–truncus brachiocephalicus; 5–
a. subclavia; 6–v. cava superior; 7–v. thoracica interna; 8–vv. thymicae; 9–pulmo dexter; 10–a. et v. 
thymicae; 11–thymus; 12–pericardium; 13–ramus pericardiacus; 14–pulmo sinister; 15–aorta; 16–a. 
thymica; 17–a. thoracica interna; 18–v. subclavia; 19–v. brachiocephalica; 20–v. jugularis interna; 
21–trachea; 22–a. thyroidea inferior; 23–a. carotis communis; 24–glandula thyroidea; 25–m. 
cricothyroideus; 26–cartilago thyroidea. 
Ayrisimon bez tashqaridan Yupqa nozik biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula 
(capsula thymi) bilan o‘ralgan bo‘lib, undan bez ichiga bir qancha to‘siqlar (septa 
interlobulares) o‘tadi va bez parenximasini mayda bo‘lakchalarga bo‘ladi. Har bir 
bo‘lakchaning tashqi qismi po‘stloq modda (cortex thymi) dan iborat bo‘lib, to‘q 
rangda, mag‗iz moddali (medulla thymi) markaziy qismi esa och rangda. 
Bo‘lakchalarning asosini ikki xil to‘r – epitelial va retikulyar to‘r hosil qilishi 
ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir. Bu to‘rda limfotsitlar (bu yerda 
timotsitlar deb ham Yuritiladi) joylashgan bo‘lib, ular miqdori po‘stloq moddada 
mag‗iz moddaga nisbatan birmuncha ko‘p. Shuning uchun bu to‘q rangda. Bez 
bo‘lakchalarining markazida konsentrik joylashgan yassi epiteliy hujayralar to‘dasi – 
timus tanachalari (corpusculum thymi yoki Gassal tanachalari) joylashgan. 
Ayrisimon bez embrional taraqqiyotda asosan III jabra cho‘ntaklaridan juft o‘siqlar 
sifatida rivojlanadi. Timus ko‗rtaklari kaudal tomon o‘sib yo‘g‗onlashadi, cho‘ziladi 
va bir-biri bilan yaqinlashadi. Ko‗rtakning ingichka, uzun, Yuqori ―ductus 
thymopharyngeus‖ deb ataluvchi qismi asta-sekin yo‘qolib, pastki qismidan 
ayrisimon bez rivojlanadi. Embrional taraqqiyotning 5-oyida ayrisimon bez bir 
qancha bo‘lakchalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. 
Bezning massasi Yoshga qarab o‘zgaradi. Jumladan, yangi tug‗ilgan bolada 12 
g, balog‗atga yetish oldida 30–40 g gacha bo‘ladi. Balog‗atga yetgach, bez asta-sekin 
qayta kichrayib boradi. 25 Yoshda 25–30 g. 60–70 Yoshlarda burishib, 6–15 g bo‘lib 


408 
qoladi va yog‗ to‘qimasiga aylanadi, lekin tamomila yo‘q bo‘lib ketmay, mayda 
orolchalar kabi to‘sh suyagining orqasida saqlanib qoladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. vagus, bo‘yin chigali nervi va truncus sympathicus 
dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. thoracica interna, truncus brachiocephalicus va a. 
subclavia tarmoqlari. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin