MIYANING PASTKI ORTIG„I – GIPOFIZ Miyaning pastki ortig„i (hypophysis – gipofiz) oval shakldagi kichik (og‗irligi
0,3–0,5 g) bez bo‘lib, miya asosidagi kulrang do‘mboqqa, voronkasimon oyoqchaga
osilib turadi. Bez kalla ponasimon suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan.
Miyaning pastki ortig‗i old va orqa bo‘laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi
bo‘lagi bez epiteliy hujayralaridan tuzilgan va shuning uchun ham u adenogipofiz
(adenohypophysis ektodermadan o‘sadi) bo‘lagi deb ataladi. Bezning orqa bo‘lagi
(neurohypophysis) old miyaning ostidan III qorincha tubidan bo‘rtib o‘sib chiqadi.
Shuning uchun bezning orqa qismida nerv to‘qima elementlari uchraydi. Oldingi
qismdan ishlanib chiqqan somatotrop, prolaktin, adrenokortikotrop, gonadotrop
gormonlar organizmning turli funksiyasiga ta‘sir qiladi. Jumladan, somatotrop
gormon organizmning umumiy o‘sishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Agar somatotrop gormon
ko‘proq ta‘sir qilsa, odam haddan tashqari o‘sib ketishi (akromegaliya) mumkin.
Prolaktin gormoni Ko‗krak bezidan sut chiqishini kuchaytiradi va ayollar
tuxumdonidagi sariq tanacha faoliyatiga ta‘sir etadi. Adrenokortikotrop gormon
buyrak usti bezining po‘stloq qismi faoliyatiga ta‘sir etib, undan gormon chiqishini
kuchaytiradi. Gonadotrop gormon jinsiy bezlar (tuxumdon, moyak) funksiyasini
faollashtiradi.
Bezning oldingi bo‘lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan
gormon odam terisi rangiga ta‘sir qiladi.
Bezning orqa bo‘lagidan ajralgan gormonlar aslida ko‘rish do‘mbog‗ining ostki
qismidan ajralib, voronkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to‘planadi.
Gormon bezdan qonga o‘tib, buyrak naychalarida siydikning qayta so‘rilishini
tezlatadi, bachadon qisqarishini, Ko‗krak bezidan sut (bola emayotganda) chiqishini
kuchaytiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: bosh miya Yumshoq (o‘rta) pardasidagi simpatik
tolalardan.
Q o n t o m i r l a r i: ichki uyqu arteriyasi tolalari.