418
qoplab turgan Yupqa pardadir. Endokard pardasi talaygina elastik tolalar, silliq
muskul hujayralaridan tuzilgan. Endokard pardasining ichkari (qorincha va
bo‘lmacha bo‘shliqlari)ga qaragan Yuzasi endoteliy bilan qoplangan,
shu sababdan
Yurakning ichki Yuzasi silliq bo‘lib ko‘rinadi. Endokard pardasi Yurakning hamma
bo‘limlarini bir xilda qoplamagan, Yurak qulog‗ida – qorinchalarida endokard
birmuncha Yupqa, bo‘lmachalarning ichki Yuzasida esa bir oz qalin bo‘ladi, shu
sababli u tiniqroq ko‘rinadi.
Endokard atrioventrikular teshiklar aorta va o‘pka
poyasining boshlanish
joyidagi teshiklarda burma (dublikatura) hosil qilib, atrioventrikular (tavaqali),
yarimoysimon klapanlarni vujudga keltiradi.
2. O‘ r t a (m u s k u l) q a v a t i (miocardium) Yurak devorining asosiy qismi
bo‘lib, alohida ko‘ndalang-targ‗il muskul tolalaridan tuzilgan. Markazda joylashgan
Yurak muskul tolalari to‘rsimon Yon birikmalar (sinsitiylar) bilan o‘zaro birlashadi.
Miokard tolalari qisqarishi tufayli organizmdagi skelet muskullaridan farq qilib
turadi. Yurak muskul qavatining hamma bo‘limlari
bir xil tuzilmagan, Yurak
bo‘lmachalari – miokard Yurak qorinchalari muskul qavatining tuzilishidan katta farq
qiladi. Yurak qorinchasining muskul tolalari Yurak bo‘lmachalarining miokard
tolalari bilan tutashmagan bo‘lib, alohida ikki fazada qisqaradi. Lekin Yurakning
bo‘lmacha va qorincha muskul tolalari ham ikkita fibroz halqa –
annuli fibrosi dan
boshlangan. Fibroz halqalarining biri o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasidagi
teshik (ostium atrioventriculare dextrum)ni, ikkinchisi esa chap bo‘lmacha bilan chap
qorincha o‘rtasidagi teshik – ostium atrioventriculare sinistrum ni o‘rab turadi.
Yurak bo‘lmachalari miokardi birmuncha sodda tuzilgan bo‘lib, ikki qavatdan
iborat: 1) Yuza qavati gorizontal (ko‘ndalang) joylashib, ikkala bo‘lmachani o‘rab
turadi; 2) chuqur qavati har ikkala bo‘lmachani alohida qoplab turadi. Bo‘lmachalar
chuqur qavatining muskul tolalari har xil boshlanadi: biri – ostium atrioventriculare
ni o‘rab turgan fibroz halqasidan vertikal yo‘nalsa, ikkinchisi bo‘lmachalarga
quyiladigan venalarning teshiklari atrofidan doira hosil qilib yo‘naladi.
Qorincha
muskul tolalari murakkab tuzilgan va uch qavatdan iborat: Yuza qavat muskul
tutamlari ikkala qorincha uchun umumiy bo‘lib, fibroz halqalardan boshlanadi va
Yurakning uchiga kelganda vortex cordis (―suv girdobi‖) ga o‘xshab, ichkari
tomonga yo‘naladi, shu tariqa Yurakning ichki qavatiga o‘tib ketadi. U ichki muskul
qavati – trabeculare corneae va mm.
papillares ni hosil qilib, fibroz halqalarda
tugaydi.
Yurakning o‘rta muskul qavati har bir qorincha uchun alohida bo‘lib, gorizontal
holatda joylashgan fibroz halqalardan boshlanadi. Qorinchalar o‘rtasidagi to‘siq –
sertum interventriculare ana shu ikkala qorinchaning gorizontal joylashgan o‘rta
qavat muskul tutamlaridan hosil bo‘ladi.
E p i k a r d (epicardium) Yurak xaltasini hosil qiladigan seroz pardaning
visseral varag‗i bo‘lib, miokardni ustki tomondan qoplab turadi. Epikard ustki
tomonidan mezoteliy bilan o‘ralgan yaltiroq pardadir.
Shu sababli uning ostida
joylashgan hamma qon tomirlar, nerv tolalari, miokard va yog‗ to‘qimalari yaqqol
ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: