428
oz kalta. Ko‗krak bo‘shlig‗ining Yuqori teshigi – apertura
thoracis orqali chiqib
bo‘yinda trigonum caroticum dan o‘tadi. U halqasimon tog‗ay yoki til osti suyagi
tanasi ro‘parasida tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo‘linadi.
Umumiy uyqu
arteriyasining tashqi tomonida ichki bo‘yinturuq vena (v. jugularis interna), orqa
tomonida esa adashgan nerv (n. vagus) joylashgan bo‘lib, 4-bo‘yin fassiyasi bilan
o‘raladi va bo‘yin-qon tomir nerv tutamini hosil qiladi.
Arteriya poyasining oldingi
tomonidan til osti nervi (n. hypoglossus)ning pastga tushuvchi tolasi o‘tadi. Umumiy
uyqu arteriyasidan bo‘yinda joylashgan qon tomirlar va nervlarga bir qancha ingichka
tolalar – vasa vasorum va vasa nervorum boradi. Ana shu mayda tolalar bo‘yinda
kollateral qon tomirlari rivojlanishida muhim vazifani bajaradi. Umumiy uyqu
arteriyasi shikastlanganda VI bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‗ini
bosib qon
oqishini to‘xtatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: