Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Tashqi uyqu arteriyasining medial tarmoqlari



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
Tashqi uyqu arteriyasining medial tarmoqlari 
1. H a l q u m n i n g Yu q o r i g a k o‘ t a r i l u v ch i a r t e r i y a s i
(a. pharyngea ascendens) tashqi uyqu arteriyasi poyasining boshlanish qismidan 
chiqib, halqum devori bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi va halqum muskullarini, miya 
qattiq pardasining ensa bo‘lagini, nog‗ora bo‘shlig‗ining shilliq pardasini, Yumshoq 
tanglayni, eshituv nayi va mo‗rtaklarni qon bilan ta‘minlaydi. 
2. Ch a k k a n i n g Yu z a a r t e r i y a s i (a. temporalis superficialis) tashqi 
uyqu arteriyasining oxirgi tarmoqlaridan biri bo‘lib, yo‘nalishi jihatidan uning 
davomidir. Ushbu arteriya tashqi eshituv yo‘lining oldingi tomonidan Yuqoriga 
ko‘tariladi va chekkada teri ostida joylashadi. Bu esa arteriya shikastlanganda uni 
Chakka suyagiga bosib, qon oqishini to‘xtatish imkonini beradi. Uning oxirgi 
tarmoqlari – ramus frontalis va ramus parietalis kallaning shu nomli qismlariga 
tarqaladi. Yo‘l davomida arteriyadan tashqi eshituv yo‘lining tog‗ayiga, quloq 
suprasining lateral Yuzasiga, quloq oldi beziga, Yuzning orqa qismiga, ko‘zning 
tashqi burchagiga, ko‘zning aylana muskuliga, Yonoqlarga va Chakka muskuliga 
tarmoqlanadi. 
3. J a g‗ a r t e r i y a s i (a.maxillaris) tashqi uyqu arteriyasining oxirgi yo‘g‗on 
tarmoqlaridan biri bo‘lib, joylanishiga qarab Yuqori jag‗, qanotsimon va tanglay-
qanotsimon qismlarga bo‘linadi. Arteriyaning Yuqori jag‗ qismidan quyidagi 
tarmoqlar chiqadi: 
a) q u l o q n i n g ch u q u r a r t e r i y a s i (a. auricularis profunda) Chakka-
pastki jag‗ Bo‗g‗imiga, tashqi quloq yo‘liga va o‘rta quloqqa tarqaladi; 
b) n o g‗ o r a p a r d a n i n g o l d i n g i a r t e r i y a s i (a. tympanica anterior) 
o‘rta quloqning shilliq qavatiga tarqaladi; 
d) p a s t k i t i sh k a t a k l a r i a r t e r i y a s i (a. alveolaris inferior) canalis 
mandibulae orqali kirib pastki tishlarga tarqaladi, so‘ngra a. mentalis foramen 
mentale orqali engakka chiqib, pastki lab va engak muskullariga tarqaydi. A. 
alveolaris inferior pastki jag‗ kanaliga (canalis mandibulae) kirish oldida a. 
mylohyoideus ni beradi. Bu arteriya tarmog‗i shu nomli muskulga, ikki qorinchali 
muskulning oldingi qorinchasiga tarqaladi. 
4. M i y a p a r d a s i n i n g o‘ r t a a r t e r i ya s i (a. meningea media) jag‗ 
arteriyasidan chiqqach, m. pterygoideus lateralis bo‘ylab ko‘tarilib, foramen 
spinosum orqali miya bo‘shlig‗iga kirib miya pardasining o‘rta qismiga tarqaladi. 
Jag‗ arteriyasining qanotsimon qismidan chaynov muskullariga (a. masseterica), 
Chakka muskuliga (aa. temporales profundae), qanotsimon muskullarga (rr. 
pterygoidei) va lunjga a. buccalis tarmoqlari chiqadi. Bulardan tashqari, Yuqori jag‗ 
tishlari, milklarga, sinus maxillaris larga tarqaladigan a. alveoiaris superior posterior 
ham Yuqori jag‗ arteriyasidan boradi. 
Arteriyaning tanglay-qanotsimon bo‘lagidan uchta tarmoq chiqadi: 
1. K o‘ z k o s a s i n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. infraorbitalis) fissurae 
orbitalis inferior orqali ko‘z kosasiga kirib, m. rectus inferior, m. obliguus inferior 


431 
larga tarmoqlar beradi, so‘ngra canalis infraorbitalis orqali Yuzaga chiqib, Yuz 
arteriyasi tarmoqlari bilan qo‘shiladi. A. infraorbitalis dan Yuqori jag‗ tishlariga, aa. 
alveolares superiores media et anteriores dan ko‘z Yoshi xaltasiga, sinus maxillaris 
dan lab-lunjlarga tarqaluvchi tarmoq boshlanadi. 
2. T a n g l a y n i n g p a s t g a y o‘ n a l u v ch i a r t e r i y a s i (a. palatina 
descendens) canalis pterygoidei orqali yo‘nalib, eshitish nayi, halqumning tepa 
bo‘lagi, qattiq va Yumshoq tanglaylarga (aa. palatina major et minor)lar tarqaladi. 
3. P o n a s i m o n s u y a k-t a n g l a y a r t e r i y a s i (a. sphenopalatina) shu 
nomli teshik orqali burun bo‘shlig‗iga kirib, uning lateral va orqa devorlariga a. septi 
nasalis lateralis posterior bo‘lib tarqaladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin