Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №31 
O„mrov osti arteriyasi. Qo„l arteriyalari.
Umrov osti arteriyasi. Qo‗ltiq osti 
arteriyasi. Chiquvchi shoxlari. Elka arteriyasi: elkaning chuqur arteriyasi. Bilak va 
tirsak arteriyalari va ularning tarmoqlari. Qo‗l panjasini qon bilan taminlanishi: 
arterial ravoqlar. 
O„MROV OSTI ARTERIYASI
 
O‗mrov osti arteriyasi (a. subclavia) bir juft bo‘lib, chap tomondagi arteriya 
to‘g‗ridan-to‘g‗ri arcus aortae dan chiqadi, a. subclavia dextra esa truncus 
brachiocephalicus dan boshlanadi. Shuning uchun chap tomondagi o‗mrov osti 
arteriyasi bir oz uzunroq bo‘ladi. Ikkala a. subclavia ham Ko‗krak bo‘shlig‗idan 
apertura thoracalis superior da plevra gumbazini aylanib o‘tadi. Uning qavariq qismi 
Yuqoriga qaragan ravoqni hosil qiladi. O‗mrov osti arteriyasi o‗mrov suyagiga 
yaqinlashadi va I qovurg‗aning Yuqori Yuzasidan sulcus a. subclaviae orqali qo‘ltiq 
sohasiga boradi. Bu arteriya I qovurg‗aning tashqi qirrasidan, qo‘ltiq arteriyasi – a. 
axillaris nomini oladi. O‗mrov osti arteriyasining I qovurg‗a ustida (tuberculum m. 
scaleni ning orqa tomonida)gi qismi boshqa bo‘lagiga qaraganda Yuzaroq 
joylashgan. Tomir shikastlanganda uni ana shu qovurg‗aga siqib, qon oqishini 
to‘xtatish mumkin. 
O‗mrov osti arteriyasi keyinchalik spatium interscalenum dan yelka chigali bilan 
birga o‘tadi. A. subclavia, odatda, joylashgan sohasiga qarab uch bo‘limga ajratib 
o‘rganiladi. O‗mrov osti arteriyasining boshlanishidan to spatium interscalenum 
gacha bo‘lgan qismi birinchi bo‘lim, spatium interscalenum da joylashgan qismi 
ikkinchi bo‘lim, spatium interscalenum dan chiqib, qo‘ltiq sohasining Yuqori 
chegarasigacha (I qovurg‗aning tashqi qirrasigacha) yetgan qismi uchinchi bo‘lim 
hisoblanadi.
1
I. 
O„mrov osti arteriyasining birinchi bo‟limidan boshlangan tarmoqlar:
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


434 
U m u r t q a a r t e r i y a s i (a. vertebralis) o‗mrov osti arteriyasi tarmoqlari 
orasida eng yirik arteriya hisoblanadi, m. scalenus anterior va m. longus colli 
orasidan Yuqoriga ko‘tarilib, VI bo‘yin umurtqasining foramen transversarium 
teshigiga kiradi. Keyinchalik bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlaridagi ana 
shunday teshiklardan vertikal holatda Yuqoriga ko‘tarilib, axis ga yetadi va lateral 
tomonga buriladi. Birinchi bo‘yin umurtqasining ustki Yuza egatidan o‘tgach, 
membrana atlantooccipitalis posterior va miyaning qattiq pardasini teshib foramen 
magnum orqali kalla bo‘shlig‗iga kiradi. Kalla bo‘shlig‗ida o‘ng va chap tomondagi 
umurtqa arteriyalari clivus (nishab) bo‘ylab uzunchoq miya ostida oldinga yo‘naladi 
va miya ko‘prigining orqa chekkasi yaqinida o‘zaro birlashib, asosiy toq arteriya (a. 
basilaris) 
ni 
hosil 
qiladi.
A. vertebralis ning quyidagi tarmoqlari bor: 
a) R a m i m u s c u l a r e s muskullarga va kalla bo‘shlig‗ining orqa 
chuqurchasida joylashgan miyaning qattiq pardasiga mayda tarmoqlar beradi. 
b) O r q a m i y a n i n g o l d i n g i a r t e r i y a s i (a. spinalis anterior) a. 
vertebralis dan kalla bo‘shlig‗iga chiqib, foramen magnum orqali pastga qarab 
tushadi, orqa miyaning oldingi Yuzasiga yaqinlashganda ikkala arteriya o‘zaro 
qo‘shilib, bitta toq arteriyaga aylanadi va fissura mediana anterior bo‘ylab yo‘naladi. 
d) O r q a m i y a n i n g o r q a a r t e r i y a s i (a. spinalis posterior) a. 
vertebralis dan chiqib, kalla bo‘shlig‗ida uzunchoq miya hamda orqa miyaning ikki 
Yonboshidan pastga tushadi. Orqa miya, Yuqorida aytib o‘tilgan arteriya 
tarmoqlaridan tashqari, gavdaning Ko‗krak qismida intercostales posteriores dan, bel 


435 
qismida aa. lumbales dan tarmoqlar oladi. Bu tarmoqlar umurtqa arteriyasining 
hamma tarmoqlari bilan tutashadi. Natijada orqa miyada tarqalgan arteriya tomirlari 
anastomozlari o‗mrov osti arteriyasini aorta descendens bilan qo‘shadi. 
e) M i y a ch a n i n g o r q a d a g i p a s t k i a r t e r i y a s i (a. cerebelli inferior 
posterior) umurtqa arteriyasining eng yirik tarmog‗i bo‘lib, miya ko‘prigi oldidan 
chiqadi, uzunchoq miyani aylanib o‘tadi va miyacha pastki Yuzasining orqa bo‘limini 
qon bilan ta‘minlaydi. 
f) A s o s i y a r t e r i y a (a. basilaris) o‘ng va chap tomondagi umurtqa 
arteriyalarining nishab (clivus)da o‘zaro birlashuvidan paydo bo‘ladi. Bu arteriya 
miya ko‘prigining old chegarasida bosh miyaning ikkita orqa arteriyasi (aa. cerebri 
posteriores) ga ajraladi. Ana shu ikkala arteriya orqa tomonga yo‘nalib, miyacha 
oyoqchasini pastki va tashqi tomondan aylanib o‘tadi, bosh miya yarim sharlarining 
ensa, Chakka bo‘laklariga tarqalib, uchinchi va Yonbosh qorinchadagi qon tomir 
chigallariga mayda tolalar beradi. 
Aa. cerebri posteriores a. carotis interna ning tarmoqlari aa. communicantes 
posterior bilan anastomozlashib, Villizi arteriya halqasini hosil qilishda qatnashadi. 
A.basilaris bosh miya orqa arteriyasidan tashqari quyidagi tarmoqlarni ham beradi: 
a) miyachaning oldingi pastki arteriyasi (a. cerebelli inferior anterior) miyachaga 
tarmoqlar beradi; 
b) labirint (ichki quloq) arteriyasi (a. labyrinthi) bir juft bo‘lib, ichki quloqqa 
borib tarqaladi; 
d) miya ko‘prigida tarqaladigan mayda tolalar; 
e) miyachaning ustki arteriyasi (a. cerebelli superior) asosiy arteriyaning oxirgi 
tarmog‗i, miyachaning Yuqori Yuzasida tarqaladi. A. vertebralis bo‘yin sohasida 
umumiy uyqu arteriyasi bilan parallel ravishda yo‘nalib, kalla bo‘shlig‗ida o‘ng va 
chap arteriya qo‘shilib a. basilaris ga aylanadi va aa. spinales anteriores bilan yagona 
arteriya halqasini hosil qiladi. Bu arteriya halqasi bo‘yin va kallaning qo‘shimcha 
(kollateral) arterial yo‘li bo‘lib, tibbiyotda katta ahamiyatga ega. 
II. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin