Ko„krak qafasining ichki arteriyasi (a. thoracica interna) a. subclavia ning
pastki Yuzasidan (a. vertebralis qarshisida) boshlanib, pastga qarab to‘sh suyagi
chekkasidan 1–1,5 sm tashqarida I–VII qovurg‗alar tog‗ayi bo‘ylab vertikal holatda
pastga yo‘naladi va VII–VIII qovurg‗alararo sohaga borganda ikkita oxirgi tarmoqqa
bo‘linadi:
a) d i a f r a g m a m u s k u l a r t e r i y a s i (a. musculophrenica) a. thoracica
interna dan VII–XI qovurg‗alar oraliq sohada boshlanib, qovurg‗alar tog‗ay
qismining ichki Yuzasi bo‘ylab boradi, diafragma bilan qorin muskullarini qon bilan
ta‘minlashda qatnashadi va pastki V yoki VI qovurg‗a oraliqlariga rami intercostales
tarmoqlarini beradi;
b) q o r i n u s t k i a r t e r i y a (a. epigastrica superior) a. thoracica interna VII
qovurg‗a ro‘parasidan boshlanib qorin to‘g‗ri muskul qinining orqa devorini teshib
pastga, qorinning to‘g‗ri muskuli bo‘ylab kindikkacha boradi va a. epigastrica
inferior (a. iliaca externa) tarmog‗i bilan anastomozlashadi. Qorin to‘g‗ri muskuli va
qinini qon bilan ta‘minlaydi. Shu yo‘sinda a. thoracica interna o‘z yo‘lida quyidagi
tarmoqlarni beradi:
1) rami intercostales arteriores – qovurg‗a oralig‗iga boruvchi mayda tarmoqlar;
Yuqoridagi oltita spatia intercostalia ning har biriga ikkitadan arteriya tolasini beradi.
Ular qovurg‗aning Yuqori va pastki qirralari bo‘ylab yo‘naladi. Ba‘zan qovurg‗a
oralig‗ida ikkita arteriya tolasi o‘zaro birlashib, bitta arteriyani hosil qilishi mumkin.
Rami intercostales anteriores orqa tomonda aorta dan chiqqan aa. intercostales
posteriores lar bilan qo‘shiladi. Natijada qovurg‗alar oralig‗ida arteriyalar tutashadi
va o‗mrov osti arteriya sistemasini aortaning Ko‗krak bo‘lagi bilan tutashtiradi.
Aortaning a. subclavia bilan Ko‗krak qafasidagi arterial anastomozi jarrohlikda va
kollateral tomirlarning rivojlanishida muhim vazifani bajaradi; 2) rami perforantes –
teshib o‘tuvchi shoxchalar; Yuqoridagi V–VI qovurg‗alararo muskullarni teshib, m.
pectoralis major ga boradi; 3) rami sternales to‘sh suyagiga boradi; 4) rami
mediastinales – ko‘ks oralig‗ining oldingi arteriyalari; ko‘ks oralig‗ining oldingi
ko‘ks bo‘lagida tarqaladi; 5) a. peri-cardiacophrenica – Yurak pardasi va diafragma
arteriyasi; a. thoracica interna dan I qovurg‗a ro‘parasida chiqib, n. phrenicus ga
qo‘shiladi va diafragmagacha boradi. Arteriya tarmoqlari diafragma nerviga, plevra
va Yurak xaltachalariga tarqaladi.