Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Ko„krak qafasi devoriga boruvchi shoxchalar



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Ko„krak qafasi devoriga boruvchi shoxchalar:
1. Qovurg‗alar oralig‗idagi orqa arteriyalar (aa. intercostales posteriores) 
poyasining ikki Yonboshidan III–XII qovurg‗alar oralig‗i uchun 10 juft arteriya 
bo‘lib chiqadi. Yuqoridagi ikkita qovurg‗a oralig‗iga truncus costocervicalis 
(«O‗mrov osti arteriyasi»ga qaralsin) shoxchalari tarqaladi. Har bir a. intercostalis 
posterior caput costae ning pastki tomoniga kelib, ikki shoxchaga bo‘linadi: a) uning 
orqa shoxchasi ramus dorsalis bo‘lib, orqa tomonda ramus spinalis tolasi chiqadi. Bu 
tola foramen intervertebrale orqali umurtqa kanaliga kirib, orqa miya va uning 
pardalari bo‘ylab tarqaladi. 


445 
Ramus dorsalis ning asosiy tolasi umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlari ostidan 
shu nomli nerv bilan o‘tib, orqa muskullar va teriga tarqaladi; b) oldingi shoxcha 
ramus anterior aslida a. intercostalis posterior ning davomi bo‘lib, qovurg‗a pastki 
qirralarining ichki Yuzasida joylashgan sulcus costae dan boshlanadi. Arteriya poyasi 
dastlab plevra pardasining orqa (tashqi) tomonidan borib, qovurg‗a burchagiga 
yetganda m. intercostalis externus bilan m. intercostalis internus lar orasidan 
yo‘naladi. Qovurg‗a oraliq arteriyasi sulcus costae da (tepa tomonda) v. intercostalis 
va qovurg‗a oraliq nervi (n. intercostalis) (past tomonda) bilan birga joylashgan. A. 
intercostalis posterior old shoxchasining har biri o‘zidan pastda joylashgan 
qovurg‗aning ustki qirrasi bo‘ylab yo‘naladigan ingichka tolani beradi. Shuning 
uchun Ko‗krak bo‘shlig‗iga ukol qilishda ana shu arteriya tolasini nazarda tutib, 
shpris ignasini pastki qovurg‗aning Yuqori qirrasidan bir oz teparoqdan (qovurg‗a 
oraliq bo‘shlig‗i o‘rtasidan) Yuborish kerak. XII qovurg‗a oraliq arteriyasi 
qovurg‗aning pastki tomonidan yo‘naladi va a. subcostalis deb ataladi. Qovurg‗a 
oraliq arteriyalari rr. anteriores sulcus costae dan oldinga borib, a. thoracica interna 
tarmoqlari bilan tutashadi. X–XII qovurg‗a oraliq arteriyalarining old shoxchalari esa 
qorinning qiyshiq muskullari oralig‗idan o‘tib a. epigastrica superior tarmoqlariga 
qo‘shiladi. Natijada qovurg‗alar oralig‗ida aorta thoracica bilan a. thoracica interna 
tolalari (aa. intercostales lar) o‘zaro qo‘shilib, arteriya doirasini hosil qiladi. Bunday 
arteriya doiralari kollateral qon aylanishi rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
2. D i a f r a g m a n i n g u s t k i a r t e r i y a l a r i (aa. phrenicae superiores) 
Ko‗krak aortasining diafragmaga yaqin turgan qismidan chiqib, bel bo‘lagi tepasida 
tarqaladi va a. thoracica interna hamda aa. intercostales posteriores tarmoqlari bilan 
anastomozlashadi. 
II. 
Rami viscerales
– i ch k i a‘ z o l a r g a t a r q a l a d i g a n t a r m o q - c h a 
l a r: 
1. B r o n x l a r b o‘ y l a b t a r q a l a d i g a n t o l a l a r (rami bronchiales) 
aortadan ko‘pincha chap tomonga ikkita va o‘ng tomonga bitta tola chiqaradi, limfa 
tugunlari, bronxlar, o‘pka to‘qimalari, alveolalarni qon bilan ta‘minlaydi. 
2. R a m i o e s o p h a g e a – qizilo‘ngachga boradigan 4–5 ta tola. 
3. R a m i m e d i a s t i n a l e s – ko‘ks oralig‗iga boradigan tarmoqchalar 
cavum mediastinale posterior dagi limfa tugunlari, yog‗ to‘qimalari va biriktiruvchi 
to‘qimalarni qon bilan ta‘minlaydi. 
4. R a m i p e r i c a r d i a c i – Yurak xaltasiga boradigan tolalar aortadan 3–4 ta 
bo‘lib chiqib, Yurak xaltasining orqa qismiga taraladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin