440
2. B i l a k n i n g o r q a g a q a y t u v ch i a r t e r i y a s i (a. recurrens radialis)
m. supinator bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi. Bu arteriya epicondylus medialis oldida a.
collateralis radialis (a. profunda brachii ning tarmog‗i) bilan anastomozlashadi va
yaqin turgan muskullarga tarqaladi.
3. K a f t t o m o n d a g i sh o x i (ramus carpeus palmaris) ko‘ndalang yo‘nalib,
a. ulnaris ning shunga o‘xshash tarmog‗i bilan tutashadi va rete carpi palmare ni hosil
qiladi.
4. K a f t n i n g Yu z a sh o x i (ramus palmaris superficialis) thenor muskullari
orasidan o‘tib, kaftda tirsak arteriyasining uchi bilan anastomozlashadi va arcus
palmaris superficialis (Yuza arteriya ravog‗i)ning hosil bo‘lishida qatnashadi.
Kaftning Yuza shoxi ramus carpeus dorsalis muskullariga va terisiga shoxchalar
chiqaradi.
5. K a f t n i n g o r q a (d o r s a l) t o m o n d a g i sh o x i ramus carpeus
dorsalis bilak arteriyasi (anatomik tabakerka) sohasiga chiqib, a. ulnaris ning shunga
o‘xshagan tarmog‗i bilan qo‘shiladi va aa. interroseae anterior et posterior (suyak
oraliq arteriyalari) bilan birga rete carpi dorsale (kaftning dorsal Yuzasidagi arteriya
to‘ri) ni hosil qiladi.
6. K a f t n i n g b i r i n ch i o r q a a r t e r i y a s i (a. metacarpea dorsalis
prima) orqa tomonda uchta shox (aa. digitales dorsales) ga ajraladi, ulardan biri
ko‘rsatkich barmoqning bilak tomoniga, qolgan ikkitasi esa bosh barmoqning ikkala
tomoniga tarqaladi.
7. Q o‘ l b o sh b a r m o g‗ i n i n g b i r i n ch i (a s o s i y) a r t e r i y a s i (a.
princeps pollicis) uchta mayda shoxchaga bo‘linadi. Bu shoxchalar pastga yo‘nalib
bosh barmoqning ikkala va ko‘rsatkich barmoqning lateral tomoniga aa. digitales
palmares sifatida tarqaladi.
Dostları ilə paylaş: