Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Ichaktutqichning pastki arteriyasi



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Ichaktutqichning pastki arteriyasi
(a. mesenterica inferior) kichik 
diametrda bo‘lib, aorta abdominalis dan III bel umurtqasi ro‘parasida chiqadi, 
qorinning seroz pardasi orqasidan pastga va chap tomonga qarab boradi:
a) chambar ichakning chap arteriyasi – a. colica sinistra seroz pardaning 
orqasidan chap buyrakning oldingi Yuzasiga yaqinlashganda ikki tarmoqqa bo‘linadi. 
Tarmoqlarning biri Yuqoriga ko‘tarilib, ko‘ndalang chambar ichakning chap 
tomonidagi flexura coli sinistra ni qon bilan ta‘minlaydi va a. coli media (a. 
mesenterica superior tarmog‗i) bilan anastomozlashadi. Ikkinchisi esa colon 
desendens ga tarqaladi va pastga yo‘nalib, aa. sigmoideae (sigmasimon yo‘g‗on ichak 
arteriyalari) bilan qo‘shiladi;
Ingichka ichak arteriyalari anastomozi. 
1 – A‘zolarni o‘rab turuvchi (visseral) qorin parda; 2 – Ingichka ichak arteriyasi ravoqlari; 3 – 
A.jejunalis; 4 – Arteriya ravoqlari; 5 – mesenterium.
b) aa. sigmoideae – sigmasimon yo‘g‗on ichak arteriyalari a. mesenterica 
inferior dan aksari ikkita bo‘lib boshlanadi va colon sigmoideum ni qon bilan 
ta‘minlaydi. Aa. sigmoideae ning bitta tarmog‗i Yuqoriga ko‘tarilib, a. colica sinistra 
bilan qo‘shilsa, ikkinchisi pastga qarab boradi va a. rectalis superior bilan tutashadi;
d) a. rectalis superior – to‘g‗ri ichakning Yuqori arteriyasi a. mesenterica inferior 
ning oxirgi tolasi bo‘lib, mesacolon sigmoideum, mesacolon rectum varaqlari 
orasidan to‘g‗ri ichak devoriga borib tarqaladi. Bu arteriya aa. sigmoideae, a. rectalis 
media, a. iliaca interna tarmog‗i bilan anastomozlashadi. Natijada chambar ichakda 
tarmoqlangan arteriyalar, ya‘ni aa. colica media et dextra shoxlari (a. mesenterica 
superior shoxlari) a. colica sinistra, aa. sigmoideae, a. rectalis superior (a. mesenterica 
inferior) va a. rectalis media (a. iliaca interna tarmog‗i) o‘zaro birlashib, arteriya 
ravog‗ini hosil qiladi. Bu arteriya ravog‗i chambar ichakni doimo yetarlicha qon bilan 
ta‘minlash uchun xizmat qiladi va jarrohlikda muhim o‘rin tutadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin