450
Aorta abnominalis dan qorin bo‘shlig‗ida joylashgan juft a‘zolar uchun quyidagi
juft arteriya shoxlari chiqadi:
1. B u y r a k u s t i b e z i n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. suprarenalis media)
me‘da osti bezining orqa tomonidan gl. suprarenalis ga boradi va a. suprarenalis
superior (a. phrenica inferior tarmog‗i) hamda a. suprarenalis inferior (a. renalis
tarmog‗i) bilan tutashadi.
2. B u y r a k a r t e r i y a s i (a. renalis) o‘ng
va chap buyrakka boradigan
arteriya bo‘lib, aortadan II bel umurtqasining damida boshlanadi. O‘ng buyrak
arteriyasi (a. renalis sinistra)ga nisbatan birmuncha uzunroq bo‘lib, aortadan
pastroqda boshlanadi va v. cava inferior ning orqa tomonidan o‘tib, buyrakka boradi.
Gohida buyrakka aortadan ikkita va undan ham ko‘proq arteriyalar kelishi mumkin.
A. renalis buyrakka kirishdan oldin buyrak usti beziga, a. suprarenalis inferior
siydik
yo‘lining (ureter) boshlanish qismiga – rami ureterici va buyrakning yog‗ kapsulasiga
bir qancha mayda shoxchalar beradi. Buyrak organizmda muhim vazifa – siydik
chiqarish vazifasini bajaradi, shuning uchun buyrakka uning hajmiga qaraganda
diametri ancha kattaroq bo‘lgan qon tomir (a. renalis) boradi.
Buyrak arteriyasi.
1 – Ureter; 2 –
Pelvis renalis; 3 – A.renalis; 4 – Buyrak yog‗ qavati arteriyasi; 5 – Cortex
renis; 6 – Medulla renis; 7 – Aa.interlobares; 8 – Columna renalis; 9 – Pyramides renales.
3. M o y a k a r t e r i y a s i (a. testicularis) ayollarda a. ovarica (tuxumdon
arteriyasi) aortadan II bel umurtqasining ro‘parasida a. renalis ning pastrog‗idan
boshlanib (ba‘zida a. renalis ning o‘zidan chiqadi) qorin seroz pardasining orqasidan
pastga – Chanoq bo‘shlig‗iga va undan Chov kanali
orqali moyak xaltasiga
(yorg‗oqqa) tushib, moyak (testis)ni qon bilan ta‘minlaydi. A. testicularis dextra
pastki kavak vena oldidan o‘tayotganda siydik yo‘li bilan kesishadi va unga rami
ureterici shoxchalarini beradi.
Ayollarda a. ovarica kichik Chanoq bo‘shlig‗iga tushib, lig. suspensorium
tarkibida tuxumdonga boradi. Aa. tecteculares larning
aortadan II bel umurtqasi
oldida boshlanishi testisning rivojlanish davri embrionda – qorin bo‘shlig‗ida
boshlanib keyinchalik yorg‗oqqa tushganligidan dalolat beradi.
4. U m u m i y yo n b o sh a r t e r i y a s i (A. iliaca communis). Aorta
abdominalis IV–V bel umurtqalari ro‘parasiga kelib ikkita umumiy Yonbosh
arteriyasi – a. iliaca communis ga ajraladi. Aortaning
ana shu ikkita tarmoqqa
bo‘lingan joyi bifurcatio aortae deb ataladi, u erkaklarda 600 va ayollarda 680
burchak hosil qilib tarqaladi. O‘ng va chap tomondagi a. iliaca communis lar pastga
451
va tashqi tomonga yo‘nalib, articulatio sacroiliaca ning oldiga kelganda ikkita
arteriya (aa. iliaca interna et externa)ga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: