Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

OYOQ PANJASI ARTERIYALARI
Oyoq panjasi arteriyasi boldir arteriyalarining davomi bo‘lib, uning orqa sathiga 
– a.tibialis anterior, kaft Yuzasiga – a. tibialis posterior tarmoqlanadi. A. tibialis 
anterior boldirdan oyoq panjasining orqa Yuzasiga lig. cruciatum ostidan o‘tib, 
a.dorsalis pedis nomi bilan davom etadi. 
O yo q p a n j a s i n i n g o r q a a r t e r i y a s i (a.dorsalis pedis) m.extensor 
hallucis longus (medial tomonda) bilan m.extensor digitorum brevis (lateral tomonda) 
o‘rtasida suyaklar va boylamlarga Yondoshgan holda I, II kaft suyaklarining 
oralig‗igacha boradi va quyidagi tarmoqlarni beradi: 


461 
Oyoq kafti ustki Yuzasidagi arteriyalar. 
1 – A.tibialis anterior; 2 – Tendines m.extensoris digitorum longi; 3 – Tendo m.extensoris 
hallucis longi; 4 – R.perforans a.peroneae; 5 – Rete malleolare laterale; 6 – A.malleolaris anterior 
lateralis; 7 – Retinaculum mm.extensorum inferius; 8 – Tendines m.extensoris digitorum longi; 9 – 
M.extensor digitorum brevis; 10 – A.tarsea lateralis; 11 – Rami perforantes; 12 – Aa.digitales 
dorsales; 13 – Aa.metatarseae dorsales; 14 – R.plantaris profundus; 15 – A.arcuata; 16 – Aa.tarseae 
mediales; 17 – A.dorsalis pedis; 18 – Rete malleolare mediale; 19 – M.tibialis anterior; 20 – 
Retinaculum mm.extensorum superius. 
1. O yo q k a f t i u s t i n i n g i ch k i a r t e r i y a l a r i (aa.tarseae mediales) 
oyoq panjasining medial chekkasiga boradi va rete malleolare madiale bilan 
anastomozlashadi. 
2. Oyoq kafti ustining tashqi arteriyasi (a. tarseae lateralis) kaft usti suyaklari 
sohasida m.extensor digitorum brevis ni qon bilan ta‘minlaydi, so‘ngra lateral 
tomonga o‘tib os. metatarsale asosining oldida a. arcuata bilan qo‘shiladi. 
3. R a v o q s i m o n a r t e r i y a (a. arcuata) a. dorsalis pedis dan I ponasimon 
suyak oldida boshlanib, ossa metatarsalis ning asoslari bo‘ylab lateral tomonga 
boradi, a. tersea lateralis va oyoq-kaft arteriyalari bilan anastomozlashib arteriya 
ravog‗ini hosil qiladi. Arteriya ravog‗idan uchta aa. metatarsea dorsales tarmog‗i 
(oyoq kafti arteriyalari) boshlanib, II, III, IV spatio interossea ga borganda yana 
ikkiga – aa. digitales dorsales (barmoqlarning orqa arteriyalari)ga bo‘linadi. 
Aa.digitales dorsales II, III, IV, V barmoqlarning bir-biriga qaragan Yuzalariga 
boradi va bittadan ramus perforates tarmog‗ini chiqaradi. Ana shu teshib o‘tuvchi 
tarmoqchalar kaft tomonida aa. metatarsea plantares (a. plantaris lateralis tarmog‗i) 
bilan qo‘shiladi. 
4. O yo q k a f t i n i n g o r q a a r t e r i y a l a r i (a. metatarsea dorsalis prima) 
a. dorsalis pedis dan boshlanib I–II barmoqlar oralig‗iga borib uchta arteriyaga – aa. 
digitales dorsales ga bo‘linadi. Bulardan ikkitasi bosh barmoqning ikki tomoniga, 
uchinchisi esa ikkinchi barmoqning bosh barmoqqa qaragan Yuzasiga tarqaladi. 
5. O yo q k a f t i n i n g ch u q u r t a r m o g‗ i (ramus plantares profundus) a. 
dorsalis ning ikkinchi oxirgi tarmog‗i bo‘lib, I, II barmoqlar orasidan m. interosseus 
dorsalis ni teshib kaft tomonga o‘tadi va arcus plantaris ni hosil qilishda qatnashadi. 
6. Boldirning orqa arteriyasi (a. tibialis posterior) ichki to‘piqning orqa tomonida 
ikkita (aa. plantares medialis et lateralis) shoxga bo‘linadi. 


462 
Oyoq kaftining ichki arteriyasi (a. plantares medialis) oyoq kaftining ichki 
tomonidan sulcus plantaris medialis ga o‘tadi va undan os metatarsale oldiga borib, a. 
metatarsalis plantaris yoki arcus plantares ga qo‘shilib ketadi va atrofidagi 
muskullarga tarqaladi. 
Oyoq kaftining tashqi arteriyasi (a. plantares lateralis) m.flexor digitorum brevis 
bilan berkilib turadi va oyoq kaftining tashqi tomonidan sulcus plantares lateralis 
bo‘ylab yo‘naladi; os metatarsale V ning oldiga borib burilib, ramus plantares 
profundus (a.dorsalis pedis ning tarmog‗i) bilan qo‘shilib, arcus plantares oyoq kafti 
arteriya ravog‗ini hosil qiladi. 
Arteriya ravog‗idan quyidagi tarmoqlar chiqadi: a) rami musculares oyoq-kaft 
muskullariga tarqaladi; b) aa.metatarseae plantares oyoq-kaft arteriyalari – arcus 
plantares dan 4 ta bo‘lib chiqadi, suyak oraliqlarida yotib, ikki joyda (oldinda va 
orqaroqda) rami perforantes (a. arcuata ga qaralsin) bilan anastomozlashadi va aa. 
digitales plantares communes ni chiqaradi. Bu arteriyalarning har biri aa. digitales 
propriae larga bo‘linib, barmoqlar oralig‗idan boradi va II panja suyaklariga 
yaqinlashganda barmoqlarning orqa Yuzalariga tarmoqchalar beradi. Shunday qilib, 
a. tibialis anterior bilan a. tibialis posterior tarmoqchalari o‘zaro (aa. metatarseae 
plantares, aa. metatarseae dorsales bilan) oyoq panjasiga rami perforantes hamda 
arcus plantares vositasida ikki marta anastomozlashadi; d) a. digitalis plantares digiti 
minimi – jimjiloqning (V) oyoq-kaft tomonidagi arteriyasi – a. plantares lateralis dan 
boshlanib, oyoq-kaft tomonidan tashqi (lateral) Yuzaga borib tarqaladi. Odam tik 
Yurganda oyoq panjasining kaft Yuzasida joylashgan qon tomirlar ko‘pincha siqilib 
qoladi. Shuning uchun oyoq panjasidagi ikkita arteriya ravog‗i yashash sharoitiga 
moslasha borib, bir-biriga perpendikular ikkita sathda joylashadi; masalan, aa. 
plantares medialis et lateralis o‘rtasida hosil bo‘lgan arteriya ravog‗i vertikal sathda 
joylashadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin