466
tomonidan kesishib o‘tib, o‗mrov osti venasiga yoki ichki bo‘yinturuq venasiga
quyiladi. Bu venaga bo‘yinning
old Yuzasidagi venalar, quloq suprasining orqa
venasi (v. auricularis posterior) va ensa venasi (v. occipitalis) qo‘shiladi.
Oldingi bo‟yinturuq venasi
(v. jugularis anterior)
engak ostidagi Yuza
venalardan boshlanib, pastga yo‘naladi, o‘ng va chap tomondagi venalar to‘sh
suyagining tepasidagi bo‘yin fassiyasining chuqur varag‗i (fasciae colli propriae)ni
teshib o‘tib, ular oraliq bo‘shliqda, spatium interaponeuroticum suprasternale da bir-
biri bilan qo‘shiladi va vena ravog‗i (arcus venosus juguli) ni tashkil etadi. Binobarin,
operatsiya paytida vena ravog‗i e‘tibordan chetda qolmasligi kerak.
Aks holda
jarohatlangan vena ravog‗idan havo so‘rilib o‘tib, Yurakni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Oldingi bo‘yinturuq venasi vena ravog‗idan pastda tashqi bo‘yinturuq venasiga
quyiladi.
O„MROV OSTI VENASI
O‗mrov osti venasi (v. subclavia) qo‘ltiq venasi (v. axillaris)ning davomi bo‘lib,
narvonsimon muskullar oralig‗idan o‘tib, o‗mrov suyagi bilan to‘sh suyagi qo‘shilgan
joyga kelganda bo‘yindan kelayotgan ichki bo‘yinturuq venasiga (v.jugularis interna)
qo‘shilib, o‘ng va chap yelka-bosh venalarini (v.brachioocephalicae dextra et sinistra)
hosil qiladi.
Yelka teri osti venalari.
1 – Fasica deltoidea; 2 – M.deltoideus; 3 – V.cephalica; 4 – Fascia brachialis; 5 – V.mediana
cubiti; 6 – V.cephalica; 7 – R.anastomoticus; 8 – Fasica antebrachii; 9 –
Teri osti venalari; 10 –
V.mediana antebrachii; 11 – V.basilica; 12 – V.basilica; 13 – Integumentum commune; 14 – Fascia
pectoralis; 15 – V.cephalica; 16 – M.pectoralis major; 17 – Clavicula; 18 – Regio infraclavicularis.
Dostları ilə paylaş: