Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №34 
YUqorigi kavak vena.
YUqori kavak vena tizimining irmoqlari. Qo‗l va Ko‗krak 
vena tomirlari. 
YUQORI KAVAK VENA SISTEMASI 
 
 
Vena cava superior
 


463 
Yuqori kavak vena
(vena cava superior) 6–8 sm uzunlikda bo‘lib, ko‘ks 
oralig‗ining oldingi bo‘lagida, o‘ng va chap tomondagi yelka-bosh venalarining I 
qovurg‗a tog‗ayi to‘sh suyagiga birlashish joyida qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yuqori 
kavak vena pastroqqa tushib, Yurak xaltasi (perikard)dan o‘tib, III qovurg‗a 
tog‗ayining to‘sh suyagiga birlashish joyida Yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyiladi. 
Venaning old tomonida ayrisimon bez joylashgan bo‘lsa, o‘ng tomoni ko‘ks 
oralig‗idagi plevraga, chap tomoni ko‘tariluvchi aortaga tegib turadi. Quyilish 
joyidan bir oz Yuqoriroqda toq venani qabul qiladi. Yuqori kavak vena devorida 
muskul tolalari kam uchraydi, klapanlari bo‘lmaydi. 
Toq vena
(v. azygos) ko‘ks oralig‗ining orqa qismida, umurtqa pog‗onasining 
o‘ng tomonida joylashgan ko‘tariluvchi bel venalarining (vv. lumbales ascendens 
dextra) yig‗indisidan hosil bo‘ladi. Chap tomondagi bel venalari bilan 
anastomozlashadi. Bu vena Yuqoriga ko‘tarilib, Ko‗krak qafasiga kirgach, toq vena 
(v. azygos) nomi bilan yana Yuqoriga ko‘tariladi, o‘ng bronxni (IV–V Ko‗krak 
umurtqalari ro‘parasida) kesib o‘tib, Yuqori kavak venaga quyiladi. Toq venaning 
quyilish joyida bir juft klapan bo‘ladi. Toq vena Ko‗krak qafasi devoridan (VII, XI 
vv.intercostales posteriores) va unda joylashgan a‘zolardan (vv. bronchiales, 
esophagea, mediastinales) vena qonini qabul qiladi. Bundan tashqari, yarim toq vena 
ham toq venaga quyiladi. 
Yarim toq vena
(v. hemiazygos) ko‘tariluvchi chap bel venasi (vv.lumbales 
ascendens sinistrae)dan hosil bo‘lib, Yuqoriga ko‘tariladi. Diafragma oyoqchalari 
orasidan Ko‗krak qafasiga kirib umurtqa pog‗onasi va aorta Ko‗krak qismining chap 
tomonida joylashadi va VII–X Ko‗krak umurtqalarining ro‘parasida chapga burilib, 
aortaning orqasidan o‘ngga o‘tadi va toq venaga quyiladi. Yarim toq vena Ko‗krak 
qafasining chap tomonidagi 6–7 Yuqori qovurg‗alararo orqa venalar (vv. 


464 
intercostales posteriores) va shu yerda joylashgan a‘zolardan (vv. oesophagea et 
mediastinales) vena qonini qabul qiladi.
Orqadagi qovurg‗alararo venalar (vv. intercostales posteriores) qovurg‗a 
oralig‗ida shu nomli arteriya va nervlar bilan birgalikda sulcus subcostales bo‘ylab 
joylashadi. Qovurg‗alararo venalar Ko‗krak qafasi devoridan va qorin muskullaridan 
vena qonini qabul qiladi. 
Qovurg‗alararo venalar orqa tomonda umurtqalararo vena (vv. interverbrales – 
orqa miya atrofidagi vena) vv. spinales bilan, oldinda vv. thoracicae interna bilan 
birgalikda qo‘shiladi. 
Umurtqa pog‗onasi venalarining chigali (plexus venosi vertebrales) umurtqa 
pog‗onasi kanalida joylashib, umurtqa venasining ichki chigali (plexus venosi 
vertebrales interna) va umurtqa venasining tashqi chigali (plexus venosi vertebrales 
externa)ni hosil qiladi, ular orqa miya va umurtqalarni o‘rab joylashadi. Bu vena 
chigallari umurtqa oraliq venalar orqali vv. intercostales posteriores, vv. lumbales, 
vv. sacrales toq va yarim toq venalarga qo‘shiladi. 
Y e l k a - b o sh venalari (vv. brachiocephalicae dextra et sinistra bir juft bo‘lib 
(o‘ng va chap tomonda), o‗mrov osti va bo‘yinturuq venalarining qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi. 
Ch a p y e l k a - b o sh venasi (vv. brachiocephalicae sinistra) 5–6 sm uzunlikda 
bo‘lib, chap o‗mrov osti (subclaviae sinistra) va chap ichki bo‘yinturuq vena (v. 
jugularis interna sinistra) larning o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi ro‘parasida qo‘shilishidan 
vujudga keladi. Chap yelka-bosh venasining orqa tomonida shu nomli arteriya poyasi 
joylashgan.
O‘ n g y e l k a - b o sh venasi (v. brachiocephalicae dextra) 3 sm uzunlikda 
bo‘lib, o‘ng o‗mrov osti (v. subclavia dextra) va o‘ng ichki bo‘yinturuq vena (v. 
jugularis interna dextra) larning o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi ro‘parasida o‘zaro 
qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. O‘ng yelka-bosh venasi to‘sh suyagi ichki Yuzasi 
bo‘ylab pastga tushib, plevraga yaqinlashadi-da, chap yelka-bosh venasi bilan 
qo‘shilib, v. cava superior ni hosil qiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin