Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

v. saphena parva
, 200-b
)
tashqari tizza 
Bo‗g‗im venalarini qabul qilib, so‘ngra son sohasiga o‘tadi va bitta son venasi (v. 
femoralis) nomi bilan ataladi. Son venasiga sonning chuqur venasi (v.profunda 
femoris), sonning Yuza (teri osti) venalari va katta ―yashirin‖ venasi quyiladi. 
Son venasi Chov boylami osti – lacuna vasorum dan o‘tib, tashqi Yonbosh 
venasi (v. iliaca externa) bo‘lib davom etadi. 
 
KAVAK VENA SISTEMASI BILAN


473 
QOPQA VENA SISTEMASI
O‟RTASIDAGI ANASTOMOZLAR
Yuqori kavak vena sistemasi bilan pastki kavak vena sistemasi o‘rtasida kavak-
kavak vena anastomozlari va kavak vena sistemasi bilan qopqa vena sistemasi 
o‘rtasida kavak-qopqa anastomozlarini ko‘rish mumkin. Bu xildagi anastomozlarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Kavak-kavak vena anastomozi bel venalari, pastki kavak vena sistemasining 
toq (v. azygos) va yarim toq (v. hemiazygos) venalar orqali Yuqori kavak vena 
sistemasiga qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. 
2. Kavak-kavak vena anastomozi qorin old devori venalari orqali ham hosil 
bo‘ladi. U qorin usti Yuqori venasi (vv. epigastricae superior) – Yuqori kavak vena 
sistemasi bilan qorin usti pastki venasi (v. epigastricae inferiores) – pastki kavak vena 
sistemasining kindik atrofida bir-biri bilan qo‘shilishidan vujudga keladi. 
 
1. Kavak-kavak vena anastomozi qorin old devori venalari orqali 2. Qopqa-kavak anastomozi 
v. gastricae sinistrae,vv. esophageae) Yuqori kavak vena sistemasi bilan vv. azygos et hemiazygos 
orqali 3. vv. rectale superiores ichaktutqichning pastki venasi v. portae ga quyilsa, to‘g‗ri ichakning 
o‘rta venasi (vv. rectales mediae) pastki kavak vena sistemasi bilan o‘zaro qo‘shilishidan qopqa-
kavak anastomozini hosil qiladi. 
3. Qopqa-kavak vena anastomozi kindik atrofidagi vena chigallarining (ikkinchi 
punktdagi kavak vena anastomoziga qaralsin) jigardagi Yumaloq boylam atrofida 
paraumbilicales ning qopqa venaga qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
4. Qopqa-kavak anastomozi me‘da chap venalarining (v. gastricae sinistrae) 
qizilo‘ngach venalari (vv. esophageae)ga (Yuqori kavak vena sistemasi) 
qo‘shilishidan vujudga keladi, jumladan v.gastricae sinistrae qopqa venaga quyilsa
qizilo‘ngach venalari vv. azygus et hemyasygus orqali v. cava superior ga qo‘shiladi. 
5. Qopqa-kavak anastomozi to‘g‗ri ichakning Yuqori venasi (vv. rectale 
superiores) ichaktutqichning pastki venasi (v. mesenterica inferior) orqali qopqa 
venaga (v. portae) quyilsa, to‘g‗ri ichakning o‘rta venasi (vv. rectales mediae) pastki 
kavak vena sistemasi bilan o‘zaro qo‘shilishidan qopqa-kavak anastomozini hosil 
qiladi. 
Bu xildagi anastomozlar kavak vena sistemalari yoki qopqa venadan qon 
aylanishi qiyinlashgan (dimlanib qolgan) paytda Yonlama (kollateral) vena qon 
aylanishini ta‘minlaydi. 


474 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin