OYOQ LIMFA TOMIRLARI VA TUGUNLARI Oyoqda gavdaning boshqa qismlariga o‘xshash Yuza va chuqur joylashgan limfa
tomirlari tafovut qilinadi. Yuza limfa tomirlari teri ostida teri osti venalari bilan
Yonma-Yon joylashgan. Oyoq panjasidan boshlangan Yuza limfa tomirlari ikkita
tomirga to‘planadi, boldirning ichki (medial) va old tomonidan limfani yig‗ib, katta
«yashirin» vena bilan Yonma-Yon Yuqoriga ko‘tariladi va taqim limfa bezlariga
qo‘shiladi.
Oyoqning chuqur limfa tomirlari muskullardan, Bo‗g‗im kapsulalaridan yig‗ilib,
taqim osti chuqur limfa tugunlariga boradi. Taqimdagi limfa tugunlaridan chiqqan
limfa tomirlari son arteriyasi bilan birgalikda ko‘tarilib, Chov sohasidagi limfa
tugunlari (nodi lymphatici inguinales)ga boradi. Chov sohasidagi limfa tugunlari
Yuza va chuqur joylashgan bo‘lib, ulardan boshlangan limfa tomirlari qon tomir
devori orqali Chanoq bo‘shlig‗idagi Yonbosh limfa tugunlariga qo‘shilib ketadi.
CHANOQ SOHASIDAGI LIMFA TOMIRLARI VA TUGUNLARI Chanoq sohasidagi limfa tomirlari shu sohadagi dumba, jinsiy a‘zolardan
yig‗ilgan Yuza limfa tomirlariga – qov limfa tugunlariga (nodi lymphatici inguialis)
boradi. Qovuq, to‘g‗ri ichak, jinsiy a‘zolardan chiqadigan limfa tomirlari shu
a‘zolardagi qon tomirlari bilan birga yo‘nalib, har qaysi a‘zoga tegishli limfa
tugunlariga quyiladi. Jumladan, qovuq atrofidagi limfa tugunlari (nodi lymphatici
paravesicalis), bachadon atrofidagi limfa tugunlari (nodi lymphatici parauterini),
to‘g‗ri ichak atrofidagi limfa tugunlari (nodi lymphatici pararectalis) yig‗ilib,
Yonbosh limfa tugunlariga yoki aorta atrofidagi limfa tugunlariga quyiladi.
1
Pariyetal limfa tugunlari (nodi lymphatici parietales), odatda Chanoq
bo‘shlig‗ining devoriga yaqin qon tomirlar atrofida to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi, ular
o‘sha qon tomir nomi bilan ataladi. Jumladan, ichki Yonbosh arteriyasi arofidagi
limfa tugunlari (nodi lymphatici iliaci interna), dumba arteriyasi atrofidagi limfa
tugunlari (nodi lymphatici gluteales), yopqich arteriya atrofidagi limfa tugunlari (nodi
lymphatici obturatorii), tashqi Yonbosh arteriyasi atrofidagi limfa tugunlari (nodi
lymphatici iliaci externi) deb ataladi. A‘zolar atrofida joylashgan limfa tugunlaridan
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014