Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
205. 
Oyoqning Yuza limfa tomirlari va tugunlari. 
1 – Nodi lymphatici inguinales superficiales; 2 – Fascia lata; 3 – Vasa lymphatici 
superficialia; 4 – V.saphena magna; 5 – Fascia cruris; 6 – Vasa lymphatica superficialia; 7 – 
V.saphena magna; 8 – Hiatus saphenus; 9 – Vasa lymphatica superficialia.
 
chiqqan limfa qon tomirlar bilan umumiy limfa tomirlari pariyetal limfa 
tugunlaridan chiqqan limfa tugunlari (nodi lymphatici iliaci communes)ga boradi. 
Bular esa aortaning ikkiga ajralgan joyida limfa tugunlari (nodi lymphatici irtica)ga 
quyiladi. 
Q o r i n s o h a s i d a g i l i m f a t u g u n l a r i v a t o m i l a r i (206) qorin 
bo‘shlig‗ining old devoridagi limfa tomirlari (nodi lymphatici parietales)ning bir 
qismi (kindikdan Yuqori qismi) – qo‘ltiq limfa tugunlariga (nodi lymphatici 
axillares), kindikdan pastki qismi Chov limfa tugunlariga (nodi lymphatici inguinalis) 
quyiladi. 
Qorin bo‘shlig‗ining orqa devori sohasida joylashgan o‘ng va chap bel limfa 
tugunlari (nodi lymphatici lumbales dextra et sinistra) o‘rtacha 40–60 ta tugunchadan 
iborat bo‘lib, aortaning ikki Yonboshida joylashgan. O‘ng tomondagi bel limfa 
tugunlarini old tomondan pastki kavak vena berkitib turadi. Bel limfa tugunlari va 
limfa yo‘llari Yuqoriga ko‘tarilib diafragma pastida joylashgan limfa tugunlari (nodi 
lymphatici phrenici inferiores) dan chiqqan yo‘llari bilan qo‘shilib, Ko‗krak qafasiga 
o‘tib ketadi. Qorin bo‘shlig‗ining visseral limfa tugunlari (nodi lymphatici vicerales) 
aortadan chiqqan toq arteriyalar bilan Yonma-Yon yotgan ichki a‘zolar tugunlaridan 
iborat. Visseral limfa tugunlari qaysi arteriya bilan birga yo‘nalishiga qarab, o‘sha 
nom bilan ataladi. Chunonchi, qorin arteriyasi poyasi atrofida joylashgan limfa 
tugunlari (nodi lymphatici coeliaci), jigar arteriyasi atrofida joylashgan limfa 
tugunlari (nodi lymphatici hepatici) va hokazo. Qorin arteriyasi poyasi atrofida 
joylashgan limfa tugunlari me‘da atrofida joylashgan limfa tugunlari (nodi lymphatici 
gastrici dextra et sinistra, nodi lymphatici cardiaci)ning kirish qismidan (nodi 
lymphatici gastraomentalis), me‘da-charvi tugunlaridan, taloq limfa tugunlari (nodi 
lymphatici lienalis), o‘n ikki barmoq ichak va me‘da osti bezi limfa tugunlari (nodi 
lymphatici gastraomentalis) jigar limfa tugunlari (nodi lymphatici hepatici)ning 
yig‗indisidan tashkil topgan. 
Qorin bo‘shlig‗idan ichaktutqich ustki arteriyasi atrofida joylashgan limfa 
tugunlari (nodi lymphatici mesenterici superior) ichaktutqich bag‗rida yo‘nalgan 


481 
ichaktutqich ustki arteriyasining tarmoqlari atrofidagi limfa tugunlarining 
yig‗indisidan iborat. Shu bilan birga Yonbosh ichak limfa tugunlarining deyarli 25 
foizi to‘g‗ridan-to‘g‗ri bel limfa tugunlariga yoki Ko‗krak limfa yo‘liga qo‘shilishi 
kuzatiladi. 
206. 
Me‘da, jigar, buyrak va taloqning limfa 
yo‘llari va tugunlari. 
1 – Nodi lymphatici pancreaticolienalis; 2 – 
A.lienalis; 3 – Nodi lymphatici gastrici sinistri; 4 – 
Lobus hepaticus sinister; 5 – Nodi lymphatici coeliaci; 
6 – Lobus quadratus; 7 – Nodi lymphatici hepatici; 8 – 
Vesica fellea; 9 – Lobus hepaticus dexter; 10 – 
Glandula suprarenalis; 11 – Ren dexter; 12 – Jigardan, 
buyrak va buyrak usti bezlaridan limfa yig‗uvchi limfa 
tugunlari; 13 – V.cava inferior; 14 – Aorta; 15 – 
A.gastroepiploica dextra; 16 – Ren sinister; 17 – Nodi 
lymphatici gastroepiploica dextri; 18 – Me‘daning seroz parda ostidagi limfa 
chigallari; 19 – A.gastroepiploica sinistra; 20 – Lien. 
Ichaktutqich pastki arteriyasi atrofida joylashgan limfa tugunlari (nodi 
lymphatici mesenterici inferior) ichaktutqich oralig‗ida joylashgan deyarli yo‘g‗on 
ichak qismlariga boruvchi qon tomirlar nomi bilan ataladi. 
Ingichka va yo‘g‗on ichaklardagi limfa tugunlarining soni 150–200 taga yetadi. 
Qorin bo‘shlig‗ining orqa devorida esa tugunlar soni o‘rtacha 40–60 taga yaqin 
bo‘ladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin