478
chap bo‘yinturuq limfa poyasi (truncus jugularis dexter et sinister) o‘ng
va chap
tomondan chuqur joylashgan bo‘yinturuq limfa tugunlaridan chiqqan limfa tomirlari
yig‗indisidan paydo bo‘lgan. O‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bo‘yinturuq venasining
o‘ng o‗mrov osti venasi quyilgan joyga mustaqil quyilib, o‘ng limfa yo‘lini hosil
qilishda qatnashadi.
Chap bo‘yinturuq limfa poyasi ko‘pincha Ko‗krak limfa yo‘lining bo‘yin
qismiga, ba‘zan chap bo‘yinturuq venasining chap o‗mrov osti venasiga qo‘shilish
joyiga quyiladi.
Bo‘yin va ko‘ks oralig‗i limfa tugunlari.
1 – V.jugularis interna; 2 – Nodi lymphatici cervicales profundi; 3 – Nodi lymphatici
tracheales; 4 – Trachea; 5 – A.subclavia; 6 – Ductus lymphaticus dexter (ductus thoracicus dexter);
7 – Nodi lymphatici mediastenales anteriores; 8 – Bronchus principalis dexter; 9 – V.cava superior;
10 – V.cava inferior; 11 – Diaphragma; 12 – Nodi lymphatici phrenici; 13 – Esophagus; 14 – Aorta
thoracica; 15 – Nodi lymphatici mediastenalis posteriores; 16 – Nodi lymphatici pulmonales; 17 –
Nodi lymphatici bronchopulmonales; 18 – Bronchus principalis sinister; 19 – Nodi lymphatici
trancheobroncheales; 20 – Arcus aortae; 21 – Nodi lymphatici axillares; 22 – V.subclavia; 23 –
Ductus thortacicus; 24 – A.carotis communis; 25 – Nodi lymphatici trancheles.
O‘ng va chap o‗mrov osti limfa poyasi (truncus subclavius dexter et sinister)
qo‘ltiq osti limfa tugunlaridan boshlangan limfa tomirlari yig‗indisidan
paydo
bo‘ladi, o‘ng tomondagi limfa poyasi o‘ng bo‘yinturuq venasining o‘ng o‗mrov osti
venasiga qo‘shilgan joyiga quyiladi yoki o‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bilan qo‘shilib,
o‘ng limfa yo‘lini hosil qilishda qatnashadi.
479
Chap tomondagi o‗mrov osti limfa poyasi ko‘pincha chap tomondagi
bo‘yinturuq venasining o‗mrov osti venasiga qo‘shilish joyiga yoki Ko‗krak limfa
yo‘lining oxirgi qismiga quyiladi.
Dostları ilə paylaş: