472
Yuqoriga ko‘tarilgach, sonning oldingi Yuqori sohasida (Chov boylami ostida)
joylashgan ovalsimon teshik – hiatus saphenus orqali o‘tib
chuqur joylashgan son
venasiga quyiladi. Ba‘zida v. saphena magna ga v. epigastrica superficialis, v.
circumflexa
ilium superficialis, vv. pudendae externae kabi teri osti venalari ham
qo‘shiladi.
Shuningdek, teri osti kichik ―yashirin‖ venasi (v. saphena parva) esa
jimjiloq tomondan boshlanib, boldirning orqa tomonidan ko‘tarilgach, boldirning
xususiy
fassiyasini teshib, Pirogov kanalida yotadi va taqim venasiga quyiladi.
Oyoqning teri osti venalari oyoq panjalari, boldir va sonning teri ostidan vena qonini
yig‗adi. Ular o‘zaro qo‘shilib, anastomozlar hosil qiladi.
Boldirning Yuza venalari (old Yuzasi).
1 – Teri osti venalari; 2 –
Rete venosum dorsale pedis; 3 – Vv.digitales
dorsales pedis; 4 –
Vv.metatarseae dorsales pedis; 5 – Arcus venosus orsalis pedis; 6 –
Fasica cruris; 7 – Rami
communicantes; 8 – V.saphena magna.
1 – V.saphena magna; 2 – A.poplitea; 3 – Fossa poplitea; 4 –
Rami communicantes; 5 –
Ramus venosus anastomaticus; 6 – Teri osti venalari; 7 – Vv.matatarseae dorsales pedis; 8 – Arcus
venosus dorsalis pedis; 9 – Rete venosum dorsale pedis; 10 – Fascia cruris; 11 – V.saphena parva;
12 – V.poplitea; 13 – N.tibialis.
Oyoq panjasining chuqur joylashgan venalari arteriyalar bilan birgalikda
yo‘naladi. Ular kaft ravog‗ini hosil qilib, Yuqoriga ko‘tariladi. Bu venalar juft bo‘lib,
shu nomli arteriyalar bilan birga joylashgan. Oldingi va orqadagi katta boldir venalari
(v. tibialis anterior et posterior) oyoq kafti venalaridan tashqari boldir muskullaridan
qon yig‗adi. Ular taqim sohasida o‘zaro qo‘shilib, taqim venasi (v.poplitea)ni
hosil
qiladi va shu nomli arteriya, katta boldir nervi bilan birga umumiy parda (qin) ichida
joylashadi.
Taqim venasi kichik ―yashirin‖ vena (
Dostları ilə paylaş: