BOSH-BO‟YIN LIMFA YO‟LLARI
VA TUGUNLARI
Bosh-bo‘yin limfa tomirlari va tugunlari ham boshqa sohadagi limfa tomirlariga
o‘xshash Yuza va chuqur joylashgan. Bosh va bo‘yin sohasidagi Yuza limfa tugunlari
ensa limfa tugunlari (nodi lymphatici occipitales), quloq suprasi atrofidagi limfa
tugunlari (nodi lymphatici mastoidei), quloq osti bezi sohasidagi limfa tugunlari (nodi
lymphatici parotidei)dan iborat, ulardan chiqqan limfa tomirlari yig‗ilib, o‘ng
tomonda o‘ng Ko‗krak limfa yo‘liga (ductus lymphaticus dexter), chap tomonda chap
Ko‗krak limfa yo‘liga (ductus thoracicus) qo‘shiladi.
Bo‘yinning chuqur limfa tugunlari (nodi lymphatici cervicales profundi
superiores)ga halqum bilan umurtqa pog‗onasi oralig‗ida joylashgan halqum limfa
tugunlari (nodi lymphatici retropharyngeales) va pastki jag‗ ostida joylashgan limfa
tugunlari (nodi lymphatici mandibulares) quyiladi. Qizilo‘ngach, kekirdak, Yutqin,
hiqildoq va qalqonsimon bezdan limfa tomirlari nodi lymphatici cervicales profundi
ga keladi. Bo‘yinning chuqur limfa tugunlaridan chiqqan limfa tomirlar o‘zaro
qo‘shilib, o‘ng va chap tomondagi bo‘yinturuq yo‘l (truncus jugularis dexter et
sinister)ni hosil qiladi. O‘ng tomondagi limfa tomiri – o‘ng tomondagi limfa yo‘liga
483
(ductus lumphaticus dexter), chap tomondagisi esa Ko‗krak yo‘liga (ductus
thoracicus) quyiladi.
TALOQ
T a l o q (lien) qorin bo‘shlig‗ining chap qovurg‗alar ostida, IX–XI qovurg‗a
oralig‗ida joylashgan. Uning og‗irligi 150–200 g, uzunligi 10–15 sm bo‘lib, kengligi
8–10 sm, hajmi va og‗irligi ichidagi qonning ko‘payib, kamayishiga qarab o‘zgaradi.
Taloqning diafragmaga tegib turgan ustki qavariq Yuzasi (facies diaphragmatica) va
a‘zolarga tegib turgan botiq Yuzasi (facies visceralis) tafovut qilinadi. Bu a‘zolarni
taloqning Yuqorigi (margo superior) va pastki qirrasi (margo inferior) ajratib turadi.
Taloqning a‘zolarga qaragan Yuzasi o‘z navbatida me‘da tubiga (facies gastrica),
chap buyrak (facies renalis) va ko‘ndalang chambar iChakka (facies colica) tegib
turadigan Yuzalarga ajratiladi va ular orasida taloq darvozasini (hylus lienalis)
ko‘ramiz. Taloqni o‘rab turgan qorin pardadan me‘daga lig. gastrolienalis,
diafragmaga lig. diaphragmatica lienalis yo‘nalgan. Taloqni o‘rab turgan pardadan
taloqning ichiga qarab devorlar (trabekulalar) – trabeculae lienalis yo‘naladi.
Trabekulalar orasida taloq mag‗zi (pulpa) – pulpa lienalis joylashgan. Bu mag‗iz
eritrositlarga boy bo‘lganidan to‘q qizil tusda ko‘rinadi. Shuning uchun qizil pulpa
(pulpa rubra) deb ham ataladi. Shuningdek, pulpada limfoid tugunchalar ham ko‘p
uchraydi va bunday pulpalar oq pulpa (pulpa alba) deyiladi. Taloq bajaradigan
vazifasiga ko‘ra ko‘proq limfa bezlariga va qizil ilik (ko‘mik)ka o‘xshaydi. Taloq
limfositlar, monositlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq qon deposi
vazifasini ham bajaradi. Organizmda qon kamaysa, taloq qisqarib, o‘zidagi qonni qon
tomirlarga chiqarib beradi. Taloq qondagi zararli mikroblarni o‘zida olib qoladi, ya‘ni
qonni filtrlab beradi. Bundan tashqari, umri tugagan qon elementlari (eritrositlar) ham
taloqda parchalanadi. Taloqning ―eritrositlar mozori‖ deyilishi ham ana shundan
kelib chiqqan. Taloq operatsiya yo‘li bilan olib tashlanganda, uning vazifasini
ko‘mik, jigar va limfa bezlari bajaradi.
|