465
kengaygan bo‘lagi tepa piyozcha (bulbus superior venae jugularis interna) deb
ataladi.
Ichki bo‘yinturuq venasi bo‘yinda uyqu arteriyasi va
adashgan nerv bilan birga
umumiy pardada o‘ralib yotadi. Ichki bo‘yinturuq venalar o‘ng tomonda ham, chap
tomonda ham o‗mrov osti venalari bilan burchak hosil qilib qo‘shiladi. Vena
qo‘shilishidan oldin kengayib pastki piyozchani (bulbus inferior venae jugularis
interna) hosil qiladi.
Shunday qilib, ichki bo‘yinturuq venasiga kalla suyagining
tashqi va ichki tomonidan, halqumdan, til, Yuz va qalqonsimon bezdan vena
tomirlari
qo‘shiladi. Bundan tashqari, tashqi bo‘yinturuq venasi ham ichki bo‘yinturuq
venasiga qo‘shiladi. Kalla suyagining ichki Yuzasidagi sinus durae matris va unga
quyiluvchi bosh miya venalari (vv. cerebri), kalla suyagi venalari (vv. dipioicae),
eshitish a‘zolari venalari (vv. auditivae), ko‘z kosasi venasi (vv. ophtalmicae), miya
qattiq pardasi venalari (vv. meningeae) ham bo‘yinturuq venasiga quyiladi.
Kalla
suyagining ichki va tashqi Yuzasidagi venalar o‘zaro vv. emissariae orqali
qo‘shiladi.
1
Kalla suyagining tashqi Yuzasidan quyidagi venalar ichki bo‘yinturuq venasiga
quyiladi.
1. Y u z v e n a s i (v. facialis) Yuz qismidan vena qonini yig‗adi.
2. P a s t k i j a g‗ o r q a s i d a g i v e n a (v. retromandibularis) – pastki
jag‗ning orqa sohasidagi vena qonini yig‗adida v. facialis bilan qo‘shilib
ichki
bo‘yinturuq venasiga qo‘shiladi.
3. H a l q u m v e n a l a r i (vv. pharyngeae) halqum atrofidagi vena qon
chigallaridan vujudga keladi. Bu vena Yuz venasiga qo‘shiladi.
4. T i l v e n a s i (v. lingualis) tildagi vena qonini yig‗adi.
5. Q a l q o n s i m o n b e z n i n g y u q o r i v e n a l a r i (vv. thyroideae
superiores) qalqonsimon bezning Yuqori qismidan qon yig‗adi.
6. Q a l q o s i m o n b e z n i n g o‘ r t a v e n a s i (vv. thoroidea media)
qalqonsimon bez venasi chigallaridan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: