Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Oldingi katta boldir arteriyasi
– A.tibialis anterior (
189
) taqim arteriyasidan 
canalis crucopopliteus ning boshlanish qismida chiqib oldinga qarab yo‘naladi, 
boldirning orqa tomonida joylashgan muskullar membrana interossea cruris ni teshib, 
boldir oldiga o‘tadi. Boldirning Yuqori (proksimal) qismida a.tibialis anterior dastlab 
membrana interossea cruris ning oldingi Yuzasi bo‘ylab m.tibialis anterior bilan 
m.extensor digitorium longus lar orasidan, so‘ngra m.tibialis anterior bilan 
m.extensor hallucis longus lar o‘rtasidan pastga qarab tushadi. Arteriya boldir-panja 
Bo‗g‗imiga yaqinlashgan sayin Yuza joylashib oyoq panjasining ustki tomoniga 
yetganda a.dorsalis pedis (oyoq panjasining ustki arteriyasi) bo‘lib davom etadi. 
Oldingi katta boldir arteriyasi quyidagi tarmoqlarni chiqaradi: 
1. K a t t a b o l d i r n i n g o r q a g a q a y t u v ch i o r q a a r t e r i y a s i 
(a.recurrens tibialis posterior) m.popliteus ostidan Yuqoriga ko‘tariladi, tizza 
Bo‗g‗imi bilan art.tibiofibularis proximalis larga tarqaladi. Bu arteriya ba‘zida 
bo‘lmaydi. 
2. K a t t a b o l d i r n i n g o r q a g a q a y t u v ch i o l d a r t e r i y a s i 
(a.recurrens tibialis anterior) a.tibialis anterior dan boshlanib m.tibialis anterior ni 
teshib o‘tadi va patella ning lateral tomonidan ko‘tarilib, rete articulare genus ga 
qo‘shilib ketadi. 


459 
1 - a.recurrens tibialis posterior; 2 -a.recurrens tibialis posterior; 3 - a.malleolaris anterior 
medialis; 4 - a.malleolaris anterior lateralis. 
3. T o‘ p i q n i n g o l d i n g i t o m o n i d a g i i ch k i a r t e r i y a s i 
(a.malleolaris anterior medialis) m.tibialis anterior payining ostidan chiqib ichki 
to‘piqqa boradi, rete malleolare mediale ni (ichki to‘piqning arteriya to‘rini) hosil 
qilishda qatnashadi va boldir-panja Bo‗g‗imi kapsulasiga tarmoqlar beradi. 
4. T o‘ p i q n i n g o l d i n g i t o m o n d a g i t a sh q i a r t e r i y a s i 
(a.malleolaris anterior lateralis) m.extensor digitorium longus payining ostidan o‘tib, 
tashqi to‘piq sohasida a.peronea ning tarmog‗i bilan qo‘shiladi va rete malleolare 
laterale ni (tashqi to‘piqning arteriya to‘rini) hosil qiladi. To‘piqning arteriya to‘rlari 
boldir-oyoq panjasi Bo‗g‗imini qon bilan ta‘minlaydi va Yonlama qon aylanishida 
qatnashadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin