453
3. Q o v u q n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. vesicalis inferior) qovuq tubi
urug‗ pufakchalari va prostata bezini qon bilan ta‘minlaydi, siydik yo‘lining pastki
qismiga rami ureterici ni beradi va a. vesicalis superior bilan anastomozlashadi.
4. U r u g‗ y o‘ l i a r t e r i y a s i (a. ductus deferentis) (erkaklarda bo‘ladi)
kindik yoki qovuq arteriyalarining biridan boshlanib, ductus deferens va testis ga
borib tarqaladi.
5. A. u t e r i n a b a ch a d o n a r t e r i y a s i (ayollarda bo‘ladi) aksari a. iliaca
internae dan (ba‘zan kindik arteriyasidan) boshlanib, lig. uteri varaqlari orasidan o‘tib
bachadonga boradi va quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) a. vaginalis (qin arteriyasi)
qinga borib tarqaladi; b) ramus tubarius – bachadon nayi shoxchasi bachadon nayini
qon bilan ta‘minlaydi; d) ramus ovaricus – tuxumdon tarmoqchasi tuxumdonga
boradi; e) bachadonga boradigan shoxcha bachadonda tarqaladi. Bu arteriya tuqqan
ayollarning bachadonida spiralsimon burmalar hosil qilib joylashadi.
Dostları ilə paylaş: