Ichaktutqichning ustki arteriyasi (a. mesenterica superior) qorin aortasi
(truncus coeliacus) dan taxminan 1–1,5 sm pastroqda aorta abdominalis ning I bel
umurtqasining Yuqori qirrasi ro‘parasidan chiqadi. Bu arteriya me‘da osti bezi bilan
o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal bo‘lagi orasidan o‘tib pastga yo‘naladi.
A. mesenterica superior dan bir qancha tolalar chiqadi:
1. M e‘ d a o s t i b e z i v a o‘ n i k k i b a r m o q i ch a k n i n g p a s t k i a r t e
r i y a s i (a. pancreaticoduodenalis inferior) me‘da osti bezi boshchasi va duodenum
ning o‘rtasidan Yuqoriga ko‘tariladi. A. pancreaticoduodenalis inferior pancreas ning
boshchasini, o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal bo‘limini qon bilan
ta‘minlashda ishtirok etadi va nihoyat aa. pancreaticoduodenalis superiores bilan
anastomozlashadi.
2. I ch a k a r t e r i y a l a r i (aa. intestinales) 10–20 shoxchadan iborat bo‘lib,
ichaktutqich (mesenterium) tarkibida boradi va shu tariqa och iChakka aa. jejunales
hamda Yonbosh iChakka aa. ilei sifatida tarqaladi. Ana shu arteriyalarning
shoxchalari ichak devoriga bormasdan oldin mesenterium varag‗i ichida o‘zaro
qo‘shilib, 2–5 qator anastomoz hosil qiladi. Birinchi qator arteriya anastomozlaridan
hosil bo‘lgan ravoqdan shoxchalar chiqadi va o‘zaro qo‘shilib, ikkinchi qatordagi
arteriya ravog‗ini, so‘ngra uchinchi qator arteriya ravog‗ini hosil qiladi va hokazo.
Oxirgi arteriya ravog‗idan chiqqan tarmoqlar ichak devorini zich o‘rab oladi va har
xil vaziyatda ham qon bilan bir me‘yorda ta‘minlanishiga imkon beradi.
3. Yo n b o sh ch a m b a r i ch a k a r t e r i y a s i (a. ileocolica) Yonbosh
ichakning oxirgi qismi bilan ko‘riChakka tarqaladi, ramus colicusdan esa
chuvalchangsimon o‘simtaga a. appendicularis shoxchasini beradi.
4. Ch a m b a r i ch a k n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. colica media) chambar
ichakning ko‘ndalang qismiga (colon transsversum) mesacolon transversum varaqlari
orasidan boradi va ikkita shoxchaga ajratiladi. Ularning o‘ng tomonga qarab
yo‘nalgan shoxchasi a. colica dextra a. mesenterica superior tarmoqlari bilan
anastomoz hosil qilsa, chap tomonga qarab yo‘nalgan shoxchalari a. colica sinistra (a.
mesenterica inferior tarmog‗i) bilan qo‘shiladi. Natijada a. mesenterica superior
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarmoqlar yordamida a. mesenterica inferior bilan
qo‘shilib, arteriya ravog‗ini hosil qiladi.
1
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
449
5. A. c o l i c a d e x t r a chambar ichakning o‘ng arteriyasi a. mesenterica
superior dan, III bel umurtqasining ro‘parasida a. ileocolica dan bir oz Yuqoriroqda
chiqib, ichak bo‘lagiga (colon ascendens) tarqaladi.
III.