446
1 – aorta; 2 – aa.
iliacae communes;
3 – phrenica inferior; 4 – aa. lumbales;
5 – a.
sacralis mediana
Aorta abdominalis qorin devoriga tarqalgan quyidagi arteriya tarmoqlarini
beradi:
1. D i a f r a g m a n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i (a. phrenica inferior)
diafragma ostida aorta abdominalis dan ikkita (goho aortadan bitta
umumiy arteriya
bo‘lib chiqadi va ikkita tarmoqqa bo‘linadi) arteriya bo‘lib boshlanadi. O‘ng
tomondagi a. phrenica inferior ba‘zan truncus coeliacus dan chiqishi ham mumkin. A.
phrenica inferior diafragma, qizilo‘ngachning qorin bo‘shlig‗idagi qismini qon bilan
ta‘minlashda qatnashadi va a. suprarenalis superior shoxchasini chiqaradi. Bu arteriya
buyrak usti beziga boradi va buyrak yog‗ kapsulasiga mayda shoxchalar beradi.
2. B e l a r t e r i y a l a r i (aa. lumbales) aortadan I–IV bel umurtqalari
ro‘parasida juft bo‘lib chiqadi va corpus vertebrae dan o‘tib, a. psoas major ga boradi.
O‘ng tomondagi bel arteriyalari v. cava inferior ning orqasidan o‘tadi. Bel arteriyalari
bel
muskullarini, qorin Yon devori muskullarini qon bilan ta‘minlaydi va orqa
miyaga, dura mater ga shoxchalar chiqaradi. Chap tomondagi arteriyalar – aa.
lumbales o‘zaro hamda pastki qovurg‗a oraliq arteriyalari va aa. epigastricae superior
et inferior bilan anastomoz hosil qiladi.
3. D u m g‗ a z a n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. sacralis mediana) aortaning
embrional davrda rivojlanmasdan qolgan dum qismi hisoblanadi.
Bu arteriya
aortaning ikkiga – a. iliaca communis ga bo‘lingan (bifurcatio aortae) joyidan chiqib
pastga tushadi. A. sacralis mediana dumg‗aza va unga yaqin turgan muskullarni,
rectum ning orqa devorini qon bilan ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: