443
Bu arteriyalar II–V barmoqlarning bir-biriga qaragan sathlari bo‘ylab
tirnoq
falangalari asosiga boradi.
Tirsak va bilak arteriyasi shoxlari panjaning kaft Yuzasida quyidagi arteriya to‘ri
va ravoqlarini hosil qiladi.
1. K a f t n i n g o l d t o m o n d a g i a r t e r i y a t o‘ r i (rete carpi palmare) a.
radialis va a. ulnaris (ramus carpeus palmares) tarmoqlarining o‘zaro qo‘shilishidan
hosil bo‘ladi. Arteriya to‘ri kaft va panjani bukuvchi muskul paylari ostida joylashadi
va art. radiocarpea et mediocarpea ga tarqaladi.
2. P a n j a n i n g k a f t s o h a s i d a i k k i t a a r t e r i y a r a v o g‗ i b o r:
ulardan biri kaftning Yuza ravog‗i (arcus palmaris superficialis) tirsak arteriyasining
oxirgi uchi bilan a. radialis ning ingichka ramus palmaris superficialis shoxchasining
o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kaftning Yuza ravog‗i kaft (aponeurosis
palmaris) ostida joylashgan, uning qavariq Yuzasidan kaft tomondagi to‘rttala
barmoqning umumiy arteriyalari – aa. digitales palmares communis chiqadi. Ulardan
I, II va III umumiy barmoq arteriyalari pastga yo‘nalib, kaft-barmoq Bo‗g‗imlariga
yaqinlashganda har biri ikkitadan aa. digitales palmares propriae (barmoqlarning kaft
tomondagi xususiy arteriyalari)ga bo‘linadi. Bu arteriya tarmoqlari II–V
barmoqlarning bir-biriga qaragan chekkalaridan tarqaladi. Kaft Yuza ravog‗ining
to‘rtinchi tarmog‗i – a. digitalis palmaris communis esa
jimjiloqning tirsak suyagi
tomonidan yo‘naladi.
II.
Dostları ilə paylaş: