T a sh q i u y q u a r t e r i y a s i (a. carotis externa) umumiy uyqu
arteriyasidan chiqqandan so‘ng ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasidan o‘tib,
ichki uyqu arteriyasining medial tomonidan Yuqoriga ko‘tariladi va uyqu
uchburchagi (trigonum caroticum)ga boradi. Bu yerdan ko‘tarilib pastki jag‗ suyagi
bo‘ynining orqa tomonidan o‘tadi va quloq oldi bezi (glandula parotis) bag‗riga
kiradi. Bu yerda arteriya o‘zining oxirgi tarmoqlariga bo‘linadi. Tashqi uyqu
arteriyasining tashqi tomonidan til osti nervi (n. hypoglossus) va Yuz nervi (n.
facialis) o‘tadi. Ichki tomoni esa Yuqori hiqildoq nervi (n. laryngeus superior) bilan
kesishadi. Tashqi uyqu arteriyasidan old, orqa va Yuqori tomonlarga boradigan 9 ta
arteriya tomirlari chiqadi.
Tashqi uyqu arteriyasining old tarmoqlari: 1. Q a l q o n s i m o n b e z n i n g u s t k i a r t e r i y a s i – a. thyroidea superior
tashqi uyqu arteriyasining birinchi tarmog‗i bo‘lib, umumiy uyqu arteriyasi
boshlanish joyining yaqinidan chiqadi va qalqonsimon bezning Yuqori bo‘lagida
tarqaladi. Qo‘shni arteriya tarmoqlari bilan o‘zaro tutashib (anastomozlashib), yo‘l
davomida hiqildoqning Yuqori arteriyasi (a. laryngea superior) tarmog‗i chiqadi va n.
laryngeus bilan birgalikda lig. thyorohyoideum ni teshib o‘tib, hiqildoq muskul
boylamlarining shilliq qavatini qon bilan ta‘minlaydi.
2. T i l a r t e r i y a s i (a. lingualis) til osti suyagining katta shoxi oldida
boshlanib, til muskuli va shilliq pardasiga tarqaladi va boshqa arteriyalar bilan o‘zaro
tutashadi (anastomozlashadi). Til arteriyasidan til osti so‘lak beziga (a. sublingualis),
til osti suyagiga (ramus suprahyoideus) va tanglay bodomcha bezi (rami
glandularis)ga tarqaladi.
3. Y u z a r t e r i y a s i (a. facialis) pastki jag‗ burchagining damida tashqi uyqu
arteriyasidan boshlanadi va ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasi bilan jag‗ osti
bezi ostidan o‘tib pastki jag‗ qirrasi orqali Yuzga chiqadi va ko‘tarilib, og‗iz
burchagiga, so‘ngra burun qanotining Yonboshidan o‘tib, ko‘zning medial
burchagiga borib, oxirgi tarmoqlarga bo‘linadi. Yuz arteriyasidan tanglayning
Yuqoriga ko‘tariluvchi arteriyasi (a. palatina ascendens) chiqib, Yumshoq tanglayda
tarqaladi. Bu yerdan tanglay mo‗rtaklari (r. tonsillaris)ga tarqaladi. Bundan tashqari,
til osti so‘lak beziga (a. sublingualis); og‗iz bo‘shlig‗i diafragmasi bilan mayda so‘lak
bezlariga; pastki va Yuqori lablarga (a. labialis inferior et superior) tarmoqlar beradi.
Yuz arteriyasining oxirgi tarmog‗i a. angularis (burchak arteriyasi) bo‘lib, ko‘z
medial burchagining oldidan chiqadi va ichki uyqu arteriyasi tarmog‗i (a.
429
ophtalmica)ning shoxchasi a. dorsalis bilan qo‘shiladi. Yuz arteriyasining hamma
tarmoqlari ikkinchi (qarama-qarshi) tomondagi shu nomli arteriya tarmoqlari bilan
keng anastomozlashadi.